Darsning maqsadi: ta’limiy



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə32/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

III.Yangi mavzu bayoni
Tropik Afrika yuqorida ta’kidlab o'tilganidek, G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afnkadan tashkil topgan.
Tropik Afrika mamlakatlariga xos umumiy ko‘rsatkichlar (2013-y.)

T/r

Mintaqa

Mamlakat-
lar soni

Maydoni, ming
km2

Ahofisining soni, mln.k.

Shahar ahofisi soni va uhishi

mln.k.

%

I

G'arbiy

18

5141,9

346

156

45,1

II

Markaziy

6

5336,1

132

52

39,2

III

Sharqiy

10

3706,1

281

69

24,6

IV

Janubiy

15

6574,9

185

90

48,6

Jami

Jami

49

20759,0

948

367

38,9

Shularning ichida tabiiy salohiyatining kattaligi bo‘yicha G‘arbiy va Janubiy, demografik salohiyati bo‘yicha esa G‘arbiy va Sharqiy mintaqalar ajralib turadi. G‘arbiy va Janubiy mintaqalar, undan tashqari mamlakatlar soni bo‘yicha ham, peshqadamlik qiladi. Mamlakatlar ichida JAR alohida ahamiyatga ega.


Buni eksport-import aloqalaridan ham bilish mumkin.
JAR Afrika hududining 4,1% ini egallagani hamda aholisining 4,3% ini o‘zida jamlagani holda, ushbu mamlakatga qit’a miqyosida sanoat mahsulotining 30% i, po‘latning 60% i, temiryo‘llarning 1/3 qismi, barcha yuk va yengil avtomobillaming 30% i to‘g‘ri keladi.
Dunyoda qazib olingan oltinning 20% i, 100 mln. karat jami olmosning hamda 55 mln. karat zargarlik olmosining tegishli ravishda 10 va 5 mln. karati mazkur mamlakatga to‘g‘ri keladi. Mamlakat uran qazib olish bo‘yicha (yiliga 3,5 ming t) dunyoda Kanada va AQSHdan keyin turadi.
Shunga qaramasdan, JARning barcha hududlarini iqtisodiy rivojlangan, deb hisoblashga asos yo‘q. Janubiy Afrika Respublikasini ikki iqtisodiyot, ya’ni iqtisodiy rivojlangan davlatlaming ham, rivojlanayotgan davlatlaming ham jihatlari xos bo‘lgan mamlakat deb atash mumkin.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

  1. Afrika rayonlarini xaritadan ko’rsating.

  2. Daftaringizga JAR sanoat mahsulotini qazib olish yoki ishlab chiqarishda yetakchilik qilayotgan turlarini yozib qo'ying.

  3. Yozuvsiz xaritaga JAR ning iqtisodiy xaritasini tushiring va uni tavsiflang.



V.Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Avstraliya va Okeaniyaning umumiy tavsifi.


Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish

  2. tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash

  3. rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish



Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar


Darsning borishi:

  1. I.Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish

  2. Honani darsga tayyorlash

  3. O’quvchilar davomatini aniqlash

  4. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  5. Shu kunning muhim yangiliklari

II. O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. Afrika rayonlarini xaritadan ko’rsating.

  2. Daftaringizga JAR sanoat mahsulotini qazib olish yoki ishlab chiqarishda yetakchilik qilayotgan turlarini yozib qo'ying.

  3. Yozuvsiz xaritaga JAR ning iqtisodiy xaritasini tushiring va uni tavsiflang.

III.Yangi mavzu bayoni
Avstraliya Ittifoqi Avstraliya materiginmg maydonini to'liq egallagan dunyodagi yagona mamlakatdir. Uning tarkibiga materikdan tashqari Tasmaniya va boshqa qator mayda orollar kiradi. Maydoni 7741 ming km2, shundan 7692 ming km2 maydonni materikning o‘zi egallagan. Dunyoning quruqlik orqali o‘tgan chegarasiga ega bo‘lmagan mamlakatlaridan biri.
Iqtisodiy-geografik o‘mi uning janubiy yarimsharda yirik materiklar, regionlar va mamlakatlardan ancha olisda joylashganligi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, zamonaviy dengiz va havo transportining yuqori darajada rivojlanganligi mamlakatni jahonning barcha regkmlari, davlatlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turishligini ta’minlaydi.
Okeaniya Tinch okeanida joylashgan orollar to‘plamidir. Okeaniya uch qismdan: Polineziya, Melaneziya va Mikroneziyadan iboratdir. Melaneziya (Solomon, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya va boshqa orollar) Avstraliyaga juda yaqin joylashgan, Polineziya (Gavayi, Samoa, Tokelau va boshqa orollar) esa aksincha, Avstraliyadan ancha olisda, Tinch okeanining janubiy va markaziy qismlarida joylashgan. Mikroneziya (Karolina, Marshall, Mariana, Gilbert va boshqa orollar) Yangi Gvineya orolidan shimolda, Filippin orollaridan sharq tomondagi akvatoriyada tarqalgan.
Okeaniyada passat shamollar hukmronlik qiladi. Dengiz tropik iqlirni tarqalgan, yog‘in ko‘p yog‘adi.
Okeaniyada uchta mustaqil respublika va bitta unitar monarxiya mavjud, qolgan mamlakatlar va orollar mustamlaka va yarim mustamlakalardan iborat.
Asosiy daryosi Murrey va uning irmog'i Darlinning suvi mavsumlar bo‘yicha o‘zgarib turadi.
Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Shulardan ba’zilari ahamiyati va zaxirasi bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarni egallaydi. Temir rudasi, mis, nikel, uran rudalari, boksitlar, ko‘mir, oltin, olmos konlari shular jumlasidandir.
Temir rudasining yirik konlari (Tom-Prays, Maunt, Maunt-Ueylbek) mamlakat g‘arbida, oltin konlari (Kambalda, Leonora) Janubi-g‘arbida, nikel rudalari konlari (Grinveyl) Shimoli-sharqiy va Janubi-g'arbiy qismlarida, alyuminiy (boksit) rudalari konlari (dunyoda eng yirik kon Ueypa-York yarimorolida topilgan, yana Gov va boshqalar), uran rudalari konlari (Nabarlek) Shimolda, polimetall rudalari konlari (Broken-Xill va boshqalar) janubiy va shimoliy qismlarida, olmos konlari (Uinton va boshqalar) mamlakatning sharqiy va janubiy hududlarida joylashgan. Ko‘mir konlari materikning janubiy va Janubi-sharqiy qismlarida topilgan, nefl va tabiiy gaz mamlakatning sharqiy hududlarida va g‘arbida, okean shelfida qazib olinadi.
Aholisi. Avstraliya va Okeaniyada (Gavayi orollarisiz) 2013-yilning iyul oyiga nisbatan 32,0 mln. kishi istiqomat qilgan. Shu jumladan, Avstraliyada 21,0 mln. (2/3 qismi), Yangi Zelandiyada 4,0 mln., Papua-Yangi Gvineyada 6,0 mln. kishi mavjud bo'lgan.

Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin