Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati AQSH sanoatidagi eng yirik tarmoq hisoblanadi. Unga sanoatda jami band aholining 40% i to‘g‘ri keladi. AQSH mashinasozligini o‘n minglab korxonalar va minglab fmnalar tashkil etadi, lekin shularning ichida bir nechta yirik monopoliyalar hukmronlik qiladi. Avtomobilsozlikda — «Jeneral Motors», «Ford Motors»;aviasozlikda — «Boing», «Makdonald Duglas», «Lokxid»; elektronikada — «Jeneral elektroniks», kompyuter ishlab chiqarishda — «Interneyshnl Biznes Mashins» (IBM) shular jumlasidandir. Amerika mashinasozligida eng muhim tarmoq avtomobilsozlikdir. Avtomobilsozlik tarmog‘i AQSH ning 20 ta shtatida mavjud. Michigan shtatidagi Detroyt shahri mamlakatning «avtomobil poytaxti» hisoblanadi. Bu rayonning hamma kattashaharlari (Toledo, Chikago, Klivlend, Buffalo va boshqalar) avtomobilsozlik markazlaridir.
Aviatsiya sanoati— AQSH xo‘jaligining yirik tarmoqlaridan biri. Uning tarkibiga raketasozlik va kosmik texnika ishlab chiqarish ham kiritiladi. Yirik monopoliyalari: «Boing», «Yunayted Teknolojis», «Makdonald Duglas», «Lokxid». «Boing» esa jahondagi eng yirik aviatsiya sanoati korporatsiyasidir.
AQSH da kemasozlik markazlari Atlantika okeani va Meksika qo‘ltig‘isohillaridagi shaharlarda joylashgan.
Elektrotexnika va elektronika sanoati. Bu sanoatda, asosan, maishiy texnika ishlab chiqariladi. EHM jahon bozorini IBM boshchiligidagi Amerika firmalari boshqarib boradi. AQSH va boshqa davlatlardagi IBM korxonalarida300 ming kishi ish bilan band. Tarmoqning yirik markazlari — Chikago, Los-Anjeles, San-Fransisko, Nyu-York, Boston, Pitsburg, Filadelfiya, Anaxaym, Dallasva Fort-Uert.
Kimyo sanoati.AQSH dunyoda kimyo sanoatining rivojlanishdarajasi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu sohada «Dyupon de Nemur», «Dou kemikl», «Monsanto» va boshqa firmalar yuqori o‘rinlarda turadi.Tarmoq polimerlar (plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk), mineralo‘g‘itlar, bo‘yoqlar, maishiy-kimyoviy bo‘yoqlar, farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradi.