Darsning maqsadi: ta’limiy



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə36/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

III.Yangi mavzu bayoni
Umumiy maydoni 21825 ming km2, aholisining soni (2013-y.) 506 mln. kishi, shundan 353,2 mln. kishi (70,0%) AQSH va Kanada mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatlaming aksariyat qismi respublikalar (Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Panama, Salvador)dan iborat. Federativ Respublikalarga AQSH va Meksika kiradi. Kanada — Hamdo‘stlik tarkibidagi mustaqil Federativ davlat, Beliz esa Hamdo‘stlik tarkibidagi davlatdir.
Mamlakatlaming geografik o‘mi juda qulay, ulaming ba’zilari (AQSH, Kanada, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) ikki, hatto uch okean akvatoriyasiga chiqish yo‘liga ega.
Tabiiy resurslarga juda boy. Bu o‘rinda, ayniqsa, AQSH, Kanada va Meksika keskin ajralib turadi.
AQSH va Kanada tabiiy resurslaming xilma-xil turlari va ulkan zaxiralariga ega. Meksika ham neft, polimetall rudalari va kimyoviy xomashyo resurslariga boy. Neft Meksika qo‘ltig‘idan qazib olinadi.
Markaziy Amerika mamlakatlarining asosiy tabiiy boyligi — bu o‘rmonlardir. 0‘rmonlarda qimmatbaho daraxtlar o'sadi.
Aholisining asosiy qismi AQSH, Meksika va Kanadaga to‘g‘ri keladi. Qolgan mamlakatlarda 0,3 mln. kishidan (Beliz) 14,0 mln. kishigacha (Gvatemala) aholi yashaydi. Aholi, asosan, tabiiy ko‘payish va qisman migratsiya (AQSH, Kanada) hisobiga o‘smoqda. Aholi sonining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari AQSH va Kanadada 0,6—0,7% dan, Gvatemala, Gonduras va Nikaraguada 2,5—3,0% gacha yetadi.
Aholi notekis joylashgan. Uning asosiy qismi materikning g‘arbiy va sharqiy sohillarida, dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan tekislik va tog‘oldi mintaqalarida istiqomat qiladi. AQSH va Kanadaning Buyuk ko‘llarga tutash hududlarida, Atlantika va Tinch okeani sohillarida aholi, ayniqsa, zich joylashgan.
Aholi amerikalik inglizlar, kanadaiik inglizlar, kanadalik fransuzlar, meksikaliklar va boshqa, asosan, ispan tilida so‘zlashuvchi xalqlardan iborat. Shahar aholisining ulushi AQSH va Kanadada 80% dan oshadi, qolgan mamlakatlarda u nisbatan past darajaga ega (Gonduras — 50,2%, Meksika — 78,1%).
Xo‘jalikning negizini AQSH va Kanadada sanoat, Meksikada sanoat bilan dehqonchilik, Panamada dengiz transporti, qolgan mamlakatlarda dehqonchilik, asosan, banan, kofe, shakarqamish, jo'xori yetishtirish tashkil etadi.
Markaziy Amerika mamlakatlari sanoatida tog‘-kon va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yetakchi o‘rinlami egallaydi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda, ya’ni eksport-import operatsiyalarida dengiz transporti, ichki aloqalarda temiryo‘l va avtomobil transporti muhim rol o‘ynaydi.
Quvur transporti AQSH, Kanada va Meksikada yuqori darajada rivojlangan.



Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin