XO‘JALIGI Jahon mamlakatlari orasidan AQSH singari e’tiborni o‘ziga kuchli jalb qilgan davlatni topish mushkul. U dunyodagi yirik davlatlardan biri bo'lib, ko‘p sohalarda—jahon siyosatida ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. AQSH yirik iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda harbiy zaxiralarga ega. Shu jumladan, neflt, tabiiy gaz, ko‘mir va po‘Iat islilash bo‘yicha 3 ta yetakchi jahon davlatlari qatoriga kiradi. Elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha esa AQSH yagona yetakchi davlat hisoblanadi. Elektrotexnika, elektronika va aerokosmik* mahsulotlari sifati, avtomobilsozlik, kemasozlik va samolyotsozlik tarmoqlari va kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo‘yicha AQSH dunyoda peshqadamlik mavqeyini saqlab turibdi. Don mahsulotlarini yetishtirishda jahonda ikkinchi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Amerika iqtisodiyotida kapitalning markazlashuvi asosiy belgi hisoblanadi. Amerikaning yirik korporatsiyalari o‘zi amalga oshirayotgan ishlari bo‘yicha transmilliy xarakterga ega. Jahonning yirik 500 ta TMK lari orasida 100 dan ziyodi AQSH da joylashgan. Ro'yxat boshida «Jeneral Motors», «Exxon», «Ford Motors» va «IBM» turadi.
Qorametallurgiya.Sanoatning bu tarmog‘ini «muammo»ga boy deb aytish mumkin. Boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar singari AQSH da qorametall eritish qisqarmoqda (XX asming 90-yillari boshida, taxminan, 100 mln.t, hozirda 75—80 mln.t). Bu sohada ishlovchilar soni ham kamayib ketmoqda. Qorametallami eritish jarayonini mamlakatda bir nechta yirik kompaniyalar nazorat qiladi. Shulaming eng mashhuri — «Yunayted Steyts Stil»korporatsiyasidir.
Rangli metallurgiya. AQSH rangli metallarning asosiy turlarini yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Mis, rux, qo‘rg‘oshin eritish zavodlari Montana, Yuta, Aydaxo, Arizona shtatlarida mavjud. Yirik rangli metallurgiya rayoni Tinch okeani sohilining Shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan.