Darsning maqsadi: ta’limiy



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə47/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

Qishloq xo‘jaligi mintaqa hududi bo‘ylab tekis rivojlanmagan. Jami qishloq xo‘jalik mahsulotining 1/3 qismi chorvachilikda yetishtirib beriladi. Bu tarmoqning ahamiyati, ayniqsa, Argentina, Urugvay va Braziliyada katta. Qoramolchilik, qo'ychilik, parrandachilik — chorvachilikning eng mahsuldor tarmoqlari hisoblanadi. Dengiz bo‘yi davlatlari, ayniqsa, Peru, Chili, Braziliyada baliqchilik muhim sohadir. Dehqonchilik tarmoqlaridan donchilik (Argentina, Braziliya), shakarqamish yetishtirish (Braziliya, Kuba, Kolumbiya, Venesuela va boshqalar), kofe yetishtirish (Braziliya, Venesuela, Kolumbiya), banan yetishtirish (Braziliya, Kolumbiya, Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari) tovar ahamiyatiga ega.
Transport Janubiy Amerika mamlakatlarining aksariyatida ancha sust rivojlangan. Quruqlikda harakatlanuvchi asosiy transport tarmog‘i avtomobildir. Bu tarmoq barcha mintaqa mamlakatlarini bir-biilari bilan bog‘lovchi yagona quruqlik transportidir. Temiiyo‘l transporti ancha sust rivojlangan. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishiga ancha to‘sqinlik qiladi. Barcha mamlakatlar va ulaming ichki rayonlarini bir-biri bilan bog‘lashda daryo transporti, ayniqsa, Karib havzasi mamlakatlari uchun katta ahamiyatga ega. Sanoatida tog‘-kon, neft-kimyo, metallsozlik, aholi iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari ancha ahamiyatli. Qishloq xo‘ja!igida yirik yer egalariga tegishli plantatsiyalarda tashqi bozor uchun ko‘plab kofe, shakarqamish, banan, tropik meva mahsulotlari yetishtiriladi. Okean bo‘yi hududlarida dengiz baliqchiligi katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Peru va Chili jahondagi eng yirik baliq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga kiradi.
Mintaqada tashqi iqtisodiy aloqalar yaxshi rivojlanmoqda. 2012-yilda amalga oshirilgan tovarlar eksporti bo‘yicha Braziliya (250 mlrd. AQSH dollari), Venesuela (69,2 mlrd.), Argentina (70 mlrd.), Chili (67,6 mlrd.), Puerto-Riko (46,9 mlrd.). Kolumbiya (30,6 mlrd.); importi bo‘yicha Braziliya (170 mlrd.), Chili (44,0 mlrd.), Venesuela (45,5 mlrd.), Argentina (60 mlrd.) mamlakatlari ajralib turadi.

Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin