Darsning maqsadi: ta’limiy



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə42/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish

  2. Honani darsga tayyorlash

  3. O’quvchilar davomatini aniqlash

  4. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  5. Shu kunning muhim yangiliklari

II. O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. AQSH mehnat resurslarining sifat ko‘rsatkichlariga xos xususiyatlar to‘g‘risida nimalami bilasiz?

  2. Mamlakat xo‘jaligining asosini qaysi tarmoqlar tashkil etadi va nima uchun?

  3. AQSH sanoatida fantalab tarmoqlaming o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida nimaiarni bilasiz?

  4. AQSH da FTIni belgilab beruvchi tarmoqlaming hozirgi holati va istiqboilari haqida so'zlab bering.

III.Yangi mavzu bayoni
Kanada Shimoliy Amerikada joylashgan, jahonda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlardan bin, «Sakkizlik davlatlari» qatoriga kiradi.
Kanada hududi Shimoliy Amerika materigining shimoliy qismi va unga yondosh orollarda joylashgan.
Maydoni 9971,0 ming km2, aholisining soni 38,5 mln. kishi (2013-y.)
Kanada— Hamdo‘stlik tarkibidagi federativ davlat, 1931-yilda unga to‘la mustaqillik berilgan.
Kanada tabiiy resurslarga juda boy mamlakatdir. Uning hududida uran, temir rudasi, nikel, mis, qo‘rg‘oshin, rux, oltin, kumush; neft va tabiiy gazning yirik konlari mavjud. Uran, nikel, oltin, kumush va boshqa qator rudali va noruda qazilma boyliklami qazib olish bo‘yicha Kanada duriyo mamlakatlari ichida yetakchilik qiladi.
Mamlakat yer, va ayniqsa, suv hamda o‘rmon resurslariga juda boydir. Shimoliy mintaqasidagi o‘rmonlarning deyarli 1/3 qismi ushbu mamlakatga to‘g‘ri keladi.
Aholisining qariyb 40% i kanadalik inglizlar, 30% i kanadalik fransuzlardan iborat. Qolgan qismi nemislar, italyanlar, ukrainlar, gollandlar, ruslar va boshqa millat vakillaridan tashkil topgan. Mamlakat shimolida hamda ovchilik va baliqchilik rivojlangan markaziy va g‘arbiy hududlarida mahalliy hindular, eskimoslar, atapaskalar va boshqalart tarqoq ho Ida yashaydi.
Aholi soni tabiiy o‘sish va migratsiya saldosi hisobiga ko‘paymoqda. 0‘rtachavyillik o‘sish sur’ati keyingi o‘n yilliklarda l%dan oshmayapti. Shaharlarda jami aholining 80,7% i istiqomat qiladi. Yirik shaharlari qatoriga Monreal, Toronto, Vankuver, Kvebek va boshqalar kiradi.
Kanada iqtisodiyoti yuksak taraqqiy etgan mamlakatdir. Kanada dunyo mamlakatlari ichida nikel, rux, kumush rudalari, kaliy tuzlari, asbest qazib olish hamda qog‘oz ishlab chiqarishda birinchi; oltin, platina, molibden rudasi, oltingugurt, uran qazib olish va sellyuloza ishlab chiqarishda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallaydi.

Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin