Darsning maqsadi: ta’limiy


Mashinasozlik va metallni qayta ishlash



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə40/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati AQSH sanoatidagi eng yirik tarmoq hisoblanadi. Unga sanoatda jami band aholining 40% i to‘g‘ri keladi. AQSH mashinasozligini o‘n minglab korxonalar va minglab fmnalar tashkil etadi, lekin shularning ichida bir nechta yirik monopoliyalar hukmronlik qiladi. Avtomobilsozlikda — «Jeneral Motors», «Ford Motors»; aviasozlikda — «Boing», «Makdonald Duglas», «Lokxid»; elektronikada — «Jeneral elektroniks», kompyuter ishlab chiqarishda — «Interneyshnl Biznes Mashins» (IBM) shular jumlasidandir. Amerika mashinasozligida eng muhim tarmoq avtomobilsozlikdir. Avtomobilsozlik tarmog‘i AQSH ning 20 ta shtatida mavjud. Michigan shtatidagi Detroyt shahri mamlakatning «avtomobil poytaxti» hisoblanadi. Bu rayonning hamma katta shaharlari (Toledo, Chikago, Klivlend, Buffalo va boshqalar) avtomobilsozlik markazlaridir.
Aviatsiya sanoati — AQSH xo‘jaligining yirik tarmoqlaridan biri. Uning tarkibiga raketasozlik va kosmik texnika ishlab chiqarish ham kiritiladi. Yirik monopoliyalari: «Boing», «Yunayted Teknolojis», «Makdonald Duglas», «Lokxid». «Boing» esa jahondagi eng yirik aviatsiya sanoati korporatsiyasidir.
AQSH da kemasozlik markazlari Atlantika okeani va Meksika qo‘ltig‘i sohillaridagi shaharlarda joylashgan.
Elektrotexnika va elektronika sanoati. Bu sanoatda, asosan, maishiy texnika ishlab chiqariladi. EHM jahon bozorini IBM boshchiligidagi Amerika firmalari boshqarib boradi. AQSH va boshqa davlatlardagi IBM korxonalarida 300 ming kishi ish bilan band. Tarmoqning yirik markazlari — Chikago, Los-Anjeles, San-Fransisko, Nyu-York, Boston, Pitsburg, Filadelfiya, Anaxaym, Dallas va Fort-Uert.
Kimyo sanoati. AQSH dunyoda kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu sohada «Dyupon de Nemur», «Dou kemikl», «Monsanto» va boshqa firmalar yuqori o‘rinlarda turadi. Tarmoq polimerlar (plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk), mineral o‘g‘itlar, bo‘yoqlar, maishiy-kimyoviy bo‘yoqlar, farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin