Darsning maqsadi: ta’limiy



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə5/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

Rangli metallurgiyaning asosini alyuminiy, mis, qo‘ig‘oshin, rux kabi sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Xitoy rangli metallurgiyasining mahsulotlarini ishlab chiqaravchi asosiy korxonalar Xitoyning Sharqiy va Shimoli-sharqiy rayonlarida joylashgan.
Mashinasozlik sanoati Xitoyda, ayniqsa, tez rivojlanmoqda. Xitoyda televizorlar, maishiy xizmat texnikasidan tortib avtomobillar, kompyuterlar, turli o‘lchov va elektrotexnika mahsulotlarigacha ishlab chiqarilmoqda. Mashinasozlik sanoati markazlari Shanxay, Shenyan, Tyanszin, Pekin, Chanchun, Xarbin va boshqalardir.
Kimyo, neft-kimyo va qurilish materiallari sanoati mamlakatni mineral o‘g‘itlar, maishiy-ro‘zg‘or mahsulotlari, sement kabi mahsulotlar bilan ta’minlashda katta yutuqlaiga ega. Mamlakatda 300 mln. tdan ortiq neft qayta ishlanmoqda.
Yengil va oziq-ovqat sanoati Xitoyda hamisha yetakchi sanoat tarmoqlaridan bo‘lib kelgan. Ayniqsa, to‘qimachilik sanoati bu borada katta ko'rsatkichlarga ega. Jumladan, ip-gazlama sanoati (bu tarmoq to‘qimachilik mahsulotlarining 90% ini yetkazib bermoqda) ishlab chiqarishda Xitoy jahonda eng yirik davlat hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi. Hozirgacha qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim sohasi bo‘lib kelmoqda. Unda 400 mln. dan ortiq mehnat yoshidagi ahoU ish bilan band. Xitoy qishloq xo‘jaligining asosiy qismi dehqonchilikdir. Unda esa donchilik tarmog'ining salmog‘i eng katta. Jami ekin maydonlarming 80% i turli donli ekinlar bilan band. XXI asr boshida mamlakat bo‘yicha 450 mln. t dan ortiq don mahsulotlari hosili olindi.
Jahon bo‘yicha hisoblaganda cho‘chqalammg 40% i, turli ish hayvonlari (ot, ho‘kiz, tuya va boshqalar) ning 20% i, qo‘y va echkilaming 16% i Xitoyga to‘g‘ri keladi.
Transporti. Hozirgi vaqtda 60 ming km ga cho‘zilgan mamlakat temiryo‘llarida yil davomida tashilayotgan turli xo‘jalik yuklari va yolovchilarning teng yarmi ana shu tarmoq hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. U, ayniqsa, Xitoyning markaziy rayonlaridan to eng chekka g‘arbiy qismlarigacha yoyilgan hududlarini birlashtiradi. Uning temiryo'llari 0‘zbekiston orqali o‘tadigan qadimiy Buyuk ipak yo‘li mamlakatlarini bir-birlari bilan bog‘lashda ham katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin