Darsning maqsadi: ta’limiy



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə4/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

III.Yangi mavzu bayoni
Xitoy yillik ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmiga ko‘ra jahonda uchinchi o‘rinda turadi. Ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming aholi jon boshiga to‘g‘ri kelish ko‘rsatkichlariga ko‘ra, u oddiy rivojlanayotgan davlatlar darajasidadir. Shuni ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda Xitoy iqtisodiyoti ancha tez o‘smoqda.
YIM ishlab chiqarishda industrial tarmoqlar hissasi 41% ni, qishloq xo'jaligi 12% ni, xizmat ko‘rsatish sohasi 47% ni tashkil etadi. Tashqi iqtisodiy aylanmasi 2012-yilda 2300 mlrd. AQSH dollarini yoki jahon bo‘yicha 7,9% ni tashkil etdi. Shundan, 1290 mlrd. dollaiga teng qismi (56,1%) eksportga to‘g‘ri keladi.
Sanoati hozirgi tarmoqlarining deyarli barcha turlariga ega. Hozirgi industriyasining asosini neft va neft kimyosi, atom energetikasi, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, metallurgiya kabi eng ilg‘or sanoat tarmoqlari tashkil qiladi.
Sanoat geografiyasida ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Agar Xitoyda XX asming 70—80-yillarida sanoat korxonalarining 2/3 qismidan ko‘prog‘i dengiz bo‘yi hududlarida joylashgan bo‘lsa, hozir industrial qurilishlaming asosiy qismi mamlakatning kam o‘zlashtirilgan ichki rayonlarida olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda Xitoyda 750 mingdan ziyod sanoat korxonalarining mavjudligi va ularda 64 mln. dan ortiq ishchi-xizmatchilarning ish bilan bandligi ko‘rsatkichlarining o‘zi ham mamlakatda sanoat rivojlanishi darajasining tobora o‘sib borayotganligini isbotlaydi.
Sanoatning tayanch tarmog‘i — yoqilg‘i-energetika sanoatidir. Yiliga 1,4 mlrd. t dan ortiq ko‘mir qazib chiqarilmoqda. Uning asosiy konlari Shimoli-sharqiy va Sharqiy Xitoyda joylashgan.
Xitoyda 2012-yilda 300 mln. t neft — Shimoli-sharqiy va Sharqiy Xitoy hamda Sariq dengiz shelflaridan qazib olinmoqda.
Xitoy ishlab chiqaradigan elektroenergiya miqdoriga ko‘ra jahonda AQSH va Yaponiyadan keyin uchinchi o'rinni egallaydi. Tarmoqda turli yoqilg‘ilar asosida ishlaydigan IESlar salmog‘i eng yuqoridir. Uning hissasiga ishlab chiqarilayotgan jami elektroenergiyasining 4/5 qismi to‘g‘ri keladi. IES larda yoqiladigan yoqilg‘ilarning 3/4 qismi esa ko‘mirdan iborat.
Xitoyda metallurgiya majmuyining deyarli barcha tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyati bor. Undagi qora va rangli metall konlari birlamchi energiya manbalariga nisbatan juda qulay joylashgan. Qorametallurgiya sanoati tarmoqlar orasida yetakchilik qiladi.
Metall mahsulotlarining asosiy qismini esa Anshan, Baotou, Bensi, Baoshan, Pekin, Uxan, Shanxay kabi bir qator tola siklli metallurgiya kombinatlari ishlab beradi. Umuman, Xitoy hozirgi vaqtda 400 mln. t dan ortiq po‘lat ishlab chiqarmoqda. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra u jahonda birinchi o‘rinni egallaydi.

Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin