Takrorlash. O'quvchilarga quyidagi «Blits savollar» beriladi:
Qanday fizik kattaliklarni bilasiz?
Vektor kattaliklarga nimlar kiradi?
Skalyar kattaliklarga nimalar kiradi?
Vektorlarni qo’shish qoidasini ayting?
Vektorlarni ko’paytrish qoidasini ayting?
Yangi mavzuni bayoni.
Quyidagi tajribani qilib ко'raj lik. Aravachaga rasmda ko'rsatilganidek tomizg'ich o'rnatilgan bo'lsin. Tomiz- g'ichdan bir me'yorda tomchi tomib tursin. Aravachani qo'yib yuborsak, u harakatlanadi. Bunda aravacha ortidagi tomgan tomchilar orasidagi masofa bir xil emasligini kuza- tish mumkin. Demak aravacha bir xil vaqt oraliqlanda turhcha masofani bosib o'tgan, ya'ni u notekis harakat qilgan.
Endi yuqoridagi tajribani biroz o'zgartiravlik. Bu gal origan yukni kamaytirib shunga erishaylikki, tomgan tomchilar orasidag. masofa bir xii bo'lsin. Bu holda aravacha bir xil taqt oraliqlarida bir xil yo'lni bosib o'tgan deyish mumkin.
Agar jism jxtiyorty bir xil vaqt oraliqlarida bir xil yo'lni bosib o'tsa, bunday harakat tekis harakat deb ataladi.
Masalan, avtomobil tekis harakatlanib, har bir minutda 1,5 km dan yo'l bo^ib o'tayotgan bo'lsa, 2 minutda 3 km, 5 minutda 7,5 km, 10 minutda 15 km, 30 minutda 45 km, 1 soatda 90 km yo'lni bosib o'tadi. Soat millari harakati ham tekis harakatga misol bo'la oladi.
To'g'ri chiziqli harakat. Tevarak-atrofimizdagi jismlarning aksariyat hollardagi harakat trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo'ladi. Ayrim hollardagina jismlar yo'lning ma'lum bir qismida to'g'ri chiziqli harakat qilishi mumkin. Agar to'g'ri chiziqli harakatlanayotgan moddiy nuqta ixtiyoriy teng vaqtlar oralig'ida bir xil masofalarni bosib o'tsa, uning harakati to'g'ri chiziqli tekis harakat deyiladi.
Eng oddiy mexanik harakat — to'g'ri chiziqli tekis harakatga misollar:
1. Tep-tekis to'g'ri yo ida avtomobil harakatlanayotgan bo'lsin. Agar avtomobil bir me'yorda, tezligmi o'zgartirmasdan harakatlansa, Siz tinch holatda o'zingizni qanday his qilsangiz, bu holatda ham shunday his etasiz.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Qanday harakat tekis harakat deb ataladi?
To'g'ri chiziqli harakat deb nimaga aytiladi? Unga misollar keltiring.
To'g'ri chiziqli tekis harakatni ta'nflab bering.
Siz maktabga ketayotganingizda yo'lning qaysi qismida to'g'ri chiziqli tekis harakat qilasiz?