O`quvchilarni uy vazifalari tekshirilib chiqilgunga qadar o`quvchilar tomonidan o`tilgan qoidalar yodga olinadi.
O‘quvchining kitobi, o‘quvchining daftari,o‘quvchining formasi…….
Daraxtning ko‘zi,daraxtning butog‘i, daraxtning mevasi, daraxtning shoxi, daraxtning…
“ Barmoqlar tilga kirganda” ta`limiy o`yini
O`quvchilar oldindan tayyorlab qo`ygan varaqlariga o`zlarining kaft va barmoqlarini chizadilar. Har bir barmoqlariga qaratqich kelishigiga doir so`z topib yozadilar.
III. Yangi mavzu bayoni: “Tushum kelishigi” O`quvchilar bilan husnixat daqiqasi o`tkaziladi.
Husnixat daqiqasi:
Yaxshini ko‘rib fikr qil,
Yomonni ko‘rib shukr qil.
O‘quvchilar husnixat asosida gapni yozib boradilar
Shundan so`ng o`qituvchi kelishiklar jadvali asosida savol-javob o`tkazib boradi. Turli rasmlarni ko`rsatib rasmlarga so`roq berdiriladi va qaysi kelishikka mansubligini aytib o`tiladi.
Darslikdagi 209-mashq matni o‘qitiladi. Ajratilgan otlarga so‘roq berib, ular qaysi kelishikda qo‘llanganligi so‘raladi. Tushum kelishigidagi otlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? Tushum kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish vazifasi beriladi.
Matrap-bedana,kaptar tutish uchun ishlatiladigan asbob,to‘r.
210-mashq o‘qitiladi. Tushum kelishigi so‘roqlarga javob bo‘lgan otlar aniqlanadi. Tushum kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birikma shaklida ko‘chirish vazifasi beriladi. Tushum kelishigi qo‘shimchasi tegishlicha belgilatiladi. Tushum kelishigi otni fe’lga bog‘laydi.
Tushum kelishigidagi otlarni so‘roqlar yordamida aniqlang. Ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring. Tushum kelishigidagi otning gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga chizing.
1-topshiriq. 210-mashq matni ekranda namoyish etiladi. O‘quvchilar tushum kelishigidagi otni va o‘zi bog‘langan so‘zni to‘g‘ri tanlasa, matndagi shu so‘zlar ajratiladi. Bu mashq orqali o‘quvchilar tushum kelishigidagi otni va o‘zi bog‘langan so‘zni to‘g‘ri tanlasa, matndagi shu so‘zlar ajratiladi. Bu mashq orqali o‘quvchilar tushum kelishigidagi otlar doim fe’lga bog‘lanishi haqida bilib oladilar.
211-mashqda berilgan fe’llarga mazmunan mos keladigan tushum kelishigidagi otni tanlab, birikma shaklida yozdiriladi.
Tushum kelishigi qo‘shimchasi otni qaysi so‘z turkumiga bog‘laydi? Tushum kelishigidagi otlar gapda qanday bo‘lak vazifasida keladi?
2-topshiriq. Ekranda chizma va ostida qo‘yish uchun so‘zlar beriladi. O‘quvchi so‘zni to‘g‘ri tanlasa, so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. Bu mashq orqali qaratqich kelishigidagi otlar otga, tushum kelishigidagi otlar fe’llarga bog‘lanishiga oiq bilimlar mustahkamlanadi. Berilgan chizmaga mos otlarni tanlab, birikma tuziladi.
Ayrim o`quvchilar bilan dars davomida “Blis-so`rov” metodidan foydalanib o`tilgan mavzu tekshiriladi. O`qituvchi quyidagi tarqatamani o`quvchilarga tarqatadi. O`quvchilarning tarqatmasida “To`g`ri javob” ustunidagi raqamlar berilmaydi. O`quvchi savolning javob berilgan qator raqamini “O`quvchining javobi” ustuniga yozadi. Javoblarni tekshirish maqsadida “To`g`ri javob” ustuniga to`g`ri javoblar raqmi aytib turish orqali yozdiriladi. O`quvchi o`zining javoblari bilan to`g`ri javobni taqqoslab o`ziga baho beradi.