Fan: Biologiya
Sinf: 7-sinf .
Sana:______
Mavzu: Tomirlarda qon ketganda birinchi yordam ko’rsatish
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga qonning tarkibi va shaklli elementlari ularning organizmdagi biologik roli,qon organizm ichki muhitining asosiy tarkibiy qismi ekanligi to`g`risida nazariy bilim
berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini,fikrlash doirasini o`stirish,qonning organizmdagi biologik rolini anglatish,ongida go`zal axloqiy xislatlarni shakllantirish,kasbiy ta`lim berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:Darslik va darslikdan tashqari adabiyotlar bilan ishlash ko`nikmasini rivojlantirish.
Dars turi: Kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi:Proeksion qo`llanma,plakat ,baholash uchun “Ofarin”,”A`lo”,”Balli”kartochkalari,AKT
Darsnig texnologik xaritasi:
1. Tashkiliy qism:
a.Salomlashish.
b.Davomat olish.
c.O`quvchilar va sinf holatini,darsga tayyorgarligini kuzatish.
d.Sinf o`quvchilari 4 guruhga ajratiladi va dars o`tish jarayoni bilan tanishtiriladi.
2.O`tilgan darsdagi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi tezis slaydi ekranda namoyish qilinadi:
1.Ichki muhit nima? 2.Tomir ichi suyuqliklariga nimalar kiradi? 3.Ichki muhitning doimiylik xususiyati nima deyiladi? 4.Qonning vazifalarini sanang. 5.Gemoliz nima? 6.7.6-8.1 , 60%,0,9% sifralariga izoh bering. 7.Qonning osmotik bosimini nima belgilaydi. 8.Qonning yopishqoqligi nimalarga bog`liq. 9.Ichki muhitning doimiyligi qaysi organlar orqali boshqariladi. 10.Qonning termoregulyatorlik funksiyasiga izoh bering.
Savollarga guruh ishtirokshilari javob yozishadi,javoblarni o`qituchi yig`ib olib og`zaki o`qib, tahlil qilib,guruhlarga baholovchi kartochkalar bilan baholaydi.
3.Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu va reja slayd orqali aks ettiriladi:
Reja: 1. Qon ketganda birinchi yordam 2. Tomirlarda qon ketish turlari 3. Qon ketishining asosiy turlari 4. Qon ketishini to’xtatish usullari O’rtacha statistik odamning qon tomirlari bo’ylab taxminan 4-5 litr qon aylanib yuradi. Agar qon tomirlarining devorlariga zarar yetsa, ulardan qon sizib chiqa boshlaydi. 2-2,5 litr qon yo’qotilishi inson uchun o’lim xavfini tug’diradi. Qon tomirlarida qon bosimining pasayishi insonning barcha hayotiy funktsiyalarini boshqarishda muhim rol o’ynaydigan miyaga kislorod yetkazib berishning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, har bir kishi zarurat tug’ilsa, qon ketishida birinchi yordam ko’rsatishni bilishi kerak.Jadvallar tahlil qilinib guruhlar rag`batlantirilib,mavzuni
Qon ketganda to’g’ri ko’rsatiladigan birinchi yordam jabrlanuvchining omon qolishiga yordam beradi.
QON KETISHI Yirik arteriyalar va venalar jarohatlanganda qon yo’qotilishi hayot uchun xavfli bo’lishi mumkin. Shuning uchun qonni qisqa vaqt ichida to’xtatish va tezda shoshilinch yordamni chaqirish kerak. Hatto qon tomirlariga ozgina zarar yetganda ham qon ketishini o’z vaqtida to’xtatish juda muhimdir. Chunki yengil, ammo davomli qon yo’qotish bilan birga inson hushini yo’qotishi mumkin.