Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: Ko’paytirishning hadlari bilan tanishtirish.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ko’paytirish, birinchi ko’paytuvchi,ikkinchi
ko’paytuvchi, ko’paytma.
Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 minut
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Ko’paytirishning hadlari, birinchi ko’paytuvchi,ikkinchi
ko’paytuvchi, ko’paytmaning ma’nosi haqida bilim berish.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Metod: Evristik, interfaol, muommoli izlanish metodlaridan foydalanish.
Shakl: Jamoa, guruh bilan va har bir o’quvchi bilan ishlash, qiziqarli o’yin.
Jihoz: 2-sinf
matematika darsligi, mavzu asosida tayyorlangan slayd, didaktik materiallar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’zini-o’zi nazorat qilish.
Baholash: O’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar:
Ta’limiy: Ko’paytirishning
hadlari bilan tanishtirish, birinchi ko’paytuvchi,ikkinchi
ko’paytuvchi, ko’paytmaning ma’nosi haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: Har bir
matematik muommolarni ahillik, birodarlik,
hamjihatlik,
hozirjavoblik
bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning
mustaqil va
mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Kutilayotgan natija:
Dars yakunida o’quvchilar ko’paytirishning hadlari, birinchi ko’paytuvchi,ikkinchi
ko’paytuvchi, ko’paytmaning ma’nosi yuzasidan yangi bilimga ega bo’ladilar.
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
Dostları ilə paylaş: