Page 1255 Uygʻonish davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda xayvonot va oʻsimlik dunyosi namunalari,
minerallar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar
to'plangan. Tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiy, badiiy, noyob narsalar jamlangan saroy
toʻplamlari shuxrat qozongan. Dastlab muzey va ular haqidagi tavsiflar, shuningdek,
muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davrda paydo boʻldi. Florensiya, Rim,
Drezden va boshqa joylardagi antik davr yodgorliklari toʻplamlari shu davrga mansub.
17—18-asrlarda keyinchalik koʻplar davlat milliy muzeylari negizini tashkil qilgan
tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslikka oid bo'lan shaxsiy toʻplamlar
shakllandi.
4
MUHOKAMA Noyob buyumlar, san'at asarlari, bejirim va nafis go'zalliklar hamma davrlarda
ham insoniyatni o'ziga rom etgani shubhasiz, albatta. Ammo yuqoridagi savolimizga
aynan javob hali ochilgani yo'q. Ho'sh, bugun tarixni o'rganishning muhim va ajralmas
bo'lagiga aylangan muzeylarning dastlabkisi qachon va qayerda tashkil etilgan? Butun
dunyoda birinchi Museyon ya'ni ma'bud - yoki muzalar, ilhom parilarining uyi
miloddan avvalgi 290 yilda paydo bo'lgan deb hisoblanadi. Makedoniyalik
Aleksandrning sarkardalari va vorislaridan biri Ptolomey I dastlabki muzeyning
tashkilotchisi sifatida e'tirof etiladi. Manbalarga ko'ra ungacha ham «muzalar uyi»
ibodatxonalari mavjud bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo Iskandariya ibodatxonasi
muzeylar tarixining tamal toshini qo'yishda muhim ahamiyat kasb etadi deya
hisoblanadi.
Shu o'rinda ayrim muzalarning faoliyat turlariga e'tiboringizni qaratmoqchimiz:
Kalliope - epik she'riyatga homiylik qiladi, Erato – muhabbat, Euterpe – lirika va shu
bilan birga musiqa, Melpomene – fojia, Talia – komediya, Polygymnia - madhiyalar va
pantomima, Terpsichore – raqslar, Clio – tarix, Uraniya – astronomiya, v.b. Guvohi
bo'ldikki, ilhom parilarining faqatgina bir nechtasi ilm-fanga taaluqli. Qolgan ko’pchilik
qismi esa san’at va madaniyat homiylari. Shu o'rinda qadimgi yunonlar hayotida
san'atning tutgan roli qanchalik katta bo'lgani yana bir karra yodimizga tushadi va o’z -
o’zidan Ptolomey museyonida ham san’at yuqori o’ringa qo’yilgandir, degan fikr
tug’iladi. Ammo, bu unchalik ham haqiqatga yaqin emas. Ptolomey tomonidan
yaratilgan muassasa aniq ilmiy faoliyat turlarini qo’llab – quvvatlovchi “ilmiy tashkilot”
ga aylanadi. Ptolomey muzeyi yonida Botanika bog'i, hayvonot bog'i va hatto anatomik
tadqiqotlar o'tkazilgan «ilmiy markaz» afsonaviy Iskandariya kutubxonasi bilan
birlashtirilgan. Bu yerda faoliyat ko'rsatgan ilmiy hodimlardan sizga yaxshi tanishlari,
albatta Arximed va Yevkliddir. Hodimlar bu yerda davlat homiyligi ostiga olingan.
4
https://present5.com/muzei-mira-muzej-v-perevode-s/