Dastlabki muzeylar tarixi



Yüklə 51,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü51,49 Kb.
#195993
1   2   3   4   5
Dastlabki muzeylar tarixi

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1256
Museyon faoliyati bilan birgalikda hodimlar ta'minoti bilan maxsus tayinlangan kohin 
shug'ullanar edi.
NATIJA
Ptolomey museyoniga begonalarning kirishi mutlaqo ta'qiqlanar edi. Ilmiy 
izlanishlarga aralashishga hammaning ham salohiyati yetavermas edi. Taqdir 
charxpalagi bu ilmiy markazga Yunonistonni zabt etishga oshiqqan rimliklarni olib 
keldi. Dastlab ular «Yopiq eshiklar ortida »yaratilgan ilmiy izlanishlarni tom ma'noda 
davom ettirishga urinishdi. Bu yerni o'ziga hos «universitet»ga aylantirishdi. Ammo, 
davrlar o'tishi bilan yangi qarashlarga to'la xristianlik ta'limotlariga singib ketgan 
rimliklar «butparastlikka asoslangan» deb topilgan asarlarni yo'q qilishga kirishdilar. 
Shunday qilib bu ilmiy boyliklardan bizgacha deyarli hech nima yetib kelmadi. 
Ammo, Ptolomey museyoni bugungi kun muzeylari va ko'rgazmalari bilan uzviy 
bog'liq ekanligi endi bizga sir emas. Ayniqsa bunda zabt etilgan o’lkalardan talon-taroj 
qilingan boyliklar namoyish etiluvchi maxsus zallarning mavjud bo'lgani, ushbu 
muassasaning hozirgi galereyalar ajdodi ekaniga yana bir isbot bo'la oladi. Qolaversa, 
ko'rkam, serhasham va katta hajmga ega ajoyibotlarning kichik nusxalaridan iborat 
ko'rgazmalarning tarixi ham aynan Yunonlarga borib taqaladi. Manbalarga ko'ra, II 
asrda imperator Adrian o'zining xonadonlarida Misr haykallari nusxalari uchun maxsus 
galereyalar qurishni buyurgan, va tashkil etilgan ko'rgazmalar kishini hayratga solishi 
shubhasiz edi. Balki Misr ajoyibotlarining hajmi ularning aslini olib kelishga noqulaylik 
tug'dirgani bois ularning modellarini yaratishga buyruq berilgandir…Bunisi esa bizga 
qorong'u... 
Yunonlarning yorqin misollaridan so'ng keyingi davrlar bizga muzeylar haqida 
qimmatli faktlar hadya etmaydi. Faqatgina XV asrga kelib Lorenzo Medichi 
Florentsiyada Haykallar galereyasini tashkil etadi. Hukmdor o'z uyiga olimlarni, 
haykaltarosh va rassomlarni taklif qilib, kutubxona tashkil etadi. Hammasi huddi 
qadimgi Yunonistondagi kabi, davlat hisobidan amalga oshiriladi. Yunonlar «tajribasi 
ommalashishda» davom etdi. Keyinchalik Yevropada fransuz tilidan «qo'shni xona» 
deb tarjima qilinadigan “kabinetlar” tarqaladi. Ularda rimliklar singari olijanob odamlar 
qo'shnilarini har xil noyob mo''jizalar bilan ajablantiradilar. Odatda bu mo’jizalarning 
deyarli barchasi boshqa davlatlardan “olib kelingan” bo’lar edi. Shu o’rinda, 
V.I.Leninning Britaniya muzeyini " Angliya tomonidan mustamlaka mamlakatlaridan 
talon-taroj qilingan ulkan boyliklarning to'planishi" deb deya ta’riflanishi ham bejiz 
emas edi. Aynan Britaniya muzeyi 1759 yilda muzeylar tarixida birinchi bo’lib 
tomoshabinlar uchun “o’z eshiklarini ochgan” edi. 



Yüklə 51,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin