Dastlabki muzeylar tarixi



Yüklə 51,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü51,49 Kb.
#195993
1   2   3   4   5
Dastlabki muzeylar tarixi

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1254
kelmoqda.
1
1978 - yildan beri Xalqaro muzeylar kuni 150 dan ortiq mamlakatlarda 
nishonlanib kelinmoqda. Ushbu madaniy bayramning nishonlanish ko'lami bugun turli 
hududlarda turlicha ko'rinish kasb etadi. Ulardan biri so'nggi yillarda mashhur bo'lib 
kelayotgan "Muzeylar kechasi" dir. Dunyoning ko'plab shaharlarida, odatda 18 mayga 
yaqin shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi ana shunday bayramlar tashkil etiladi.
2
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Muzeylar orqali tarixiy va madaniy merosiga bo‘lgan munosabat ifodalanadi. 
Muzeylarda moddiy va maʼnaviy madaniyat yodgorliklarini to‘plash va namoyish etish 
barobarida ilmiy-maʼrifiy hamda taʼlim-tarbiyaviy yo‘nalishdagi ishlar ham olib 
boriladi.
Muzeyshunoslik bugungi kunga kelib o'zining muayyan faoliyat turiga ega soha. 
Ya'ni muzeylar turli toʻplamlarni butlaydi va oʻrganadi. Ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, 
muzey ashyolarini saqlash va taʼmirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yoʻl-
koʻrsatkichlar nashr etadi. Zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va 
metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Siyosiy, ilmiy, 
madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi muzeyning paydo boʻlish tarixi esa olis 
davrlarga borib taqaladi. 
Biz yuqorida to'xtalgan muzeylar kunining aynan 18- mayda nishonlanishi, yoki 
bu bayramni nishonlash taklifi tashabbuskorlarining ruslar ekanligi uning paydo bo'lishi 
tarixiga umuman aloqador emas. Bugun bir qancha sohalarni qamrab olgan, o'z 
muayyan faoliyat doirasiga ega bo'lgan muzeylarning ham o'ziga hos tarixi mavjud.
Ilk muzeylar qachon tashkil topgan degan savolga javob olish uchun tarix 
kitobining anchayin oldingi sahifalariga nazar tashlashga to'g'ri keladi. Muzeyning 
oʻtmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xoʻjalik 
maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik 
qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Miloddan 
avvalgi 16-asrga oid Kritdagi 
Knos saroy xazinasi
, miloddan avvalgi 13—12-asrlarga 
oid Xitoydagi 
Vanlar saroyi
 va ink kohinlarining arxivi, Nineviya saroy kutubxonasi va 
boshqa shu kabi osori – atiqalarda muzeylarning dastlabki ko'rinishlari aks etadi.
3
Qadim zamonlardan ibodatxonalarda to'planib borgan noyob buyumlar keyinroq 
hususan miloddan avvalgi III asrlarga kelib, shaxsiy toʻplamlarda jamlanib bordi. 
Varres, Sulla galereyalari, Serviliy, Krase, Lukull, Pompei, Sezar va boshqa toʻplamlar 
so'zimizga misol bo'lib xizmat qiladi. Bunday to'plamlarning Vizantiya sobor va 
monastirlarida, keyinroq Fransiya, Italiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar 
soborlarida saqlanishi odat tusiga kirib bordi. Yevropada ilmiy vazifalar yuklatilgan 
muzeyning paydo boʻlishi buyuk geografik kashfiyotlar, amalga oshayotgan davr — 
1
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muzey 
2
https://news.rambler.ru/other/44201332-mezhdunarodnyy-den-muzeev-v-kitae/ 
3
Krushkol. Qadimgi dunyo tarixi. ”O’qituvchi”.T.,1964.



Yüklə 51,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin