Izoh yoki sharh. Tushuntirish izohlariga ega bo’lgan dasturlarni to’g’rilash yoki tuzatish osonroq, chunki ular dastur bilan ishlash uchun qo’shimcha ma`lumotlarni saqlaydi. Dastur tuzuvchi ko’pincha boshqa dasturchining dasturini ko’rib chiqayotgan vaqtda, xatolarni tuzatishda, yoki dastur mantiqini kuzatayotgan vaqtda juda ko’p vaqt sarflaydi. Bu holatda u o’zining me`yorlangan vaqtini juda katta qismni sarflab qo’yadi.
Izohlanmagan dastur - bu taxminimizcha dastur tuzuvchining eng katta xatosidir yoki ishqibozlik yon qarashni bildiradi. Dastur yozish jarayonida izoh berish yaxshi qoidadir. Kelajakda buni hamma dasturchilar hisobga oladilar degan umiddamiz. Izohning yozishning asosiy qonuni - bu ko’proq izoh berishdir. Albatta, har bir kishi dasturdagi izohni o’qiyotib, shu dastur xaqida ko’proq tushunchaga ega bo’ladi.
Izoh berishdan maqsad - dasturni tushinishni osonlashtirishdir.
Izohlar dasturni kodlashtirganidek yaxshi o’ylagan va ishlab chiqilgan bo’lishi kerak. Izohlar loyihalash va sozlash jarayoni vaqtda va albatta keyinchalik ham kerak bo’ladi. Lekin dastur tugagandan keyin izoh berish foydasiz va maonosizdir. Izoh berishni 3 ta shakli bor:
Kiritish izohlari. Xar bir dastur, kichik dastur va jarayonlar nima vazifani bajarishligi xaqidagi izohlardan boshlanadi. Kiritish izohlaridagi ma`lumotlar quyidagilardan iborat bo’ladi:
1. Dasturdan maqsad.
2. Dasturni chaqirish va undan foydalanish xaqidagi ko’rsatkichlar.
3. Asosiy massiv va o’zgaruvchilarning ro’yxati va vazifasi.
4. Kiritish - chiqarish xikidagi ko’rsatkichlar, hamma fayllar ro’yxati.
5. Foydalanilyotgan barcha qism dasturlar ro’yxati.
6. Foydalanilgan matematik uslublar va ular haqida ma`lumotga ega bo’lgan adabiyotlar ro’yxati.
7. Dasturni bajarilgan vaqti haqida ma`lumot.
8. Kerak bo’lgan xotira hajmi.
9. Foydalanuvchiga maxsus ko’rsatmalar.
10. Muallif xaqida ma`lumot.