1-mavzu: O‘zbekistonning yangi tahrirdagi
Konstitutsiyasini qabul qilinishi va uning tarixiy
ahamiyati
1.
Asosiy qonunimiz yaratilishidagi izlanishlar natijasi nimalardan iborat?
Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da
sharafli
solnomasiga nazar solar ekanmiz,
hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi
xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari
natijasi ekaniga komil
ishonch hosil qilamiz.
2.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam qanday
hujjatlardan iborat?
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili
maqomi berilishidir.
Bu
haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktabr kuni qizg‘in
bahs va
tortishuvlardan so‘ng siyosiy-ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga
oshirilgani – milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan
ona tilimizga
davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil
etishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.