Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot


Inson huquq va erkinliklarning cheklanishi qanday hollarda amalga



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix28.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#167552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
OMADBEK - Konstitutsiya seminar 1-topshiriq

Inson huquq va erkinliklarning cheklanishi qanday hollarda amalga 
oshiriladi? 
Har qanday huquqiy demokratik davlatda inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat deb 
tan olinar ekan, konstitutsiyalarida eng muhim qoidalar sifatida belgilanadi. Bu sohada 
xalqaro hujjatlarda umume’tirof etilgan tamoyil va standartlar mavjud. 
Xususan, 1948 yili qabul qilingan Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi, 
1966 yili qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi, Iqtisodiy, ijtimoiy va 
siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktlarda inson huquqlari va erkinliklari va ularni 
muayyan holatlarda cheklash bo‘yicha ham qoidalar aks ettirilgan. 
Ushbu qoidalar qonuniylik, maqsadga muvofiqlik va zaruriyat tamoyillaridan kelib chiqib 
qo‘llanadi. Xususan, qonuniylik tamoyili insonning huquqlari va erkinliklarini faqat 
qonuniy asosda cheklash mumkinligini bildirsa, maqsadga muvofiqlik tamoyili bo‘yicha 
cheklashda xalqning roziligini ifodalaydi. Davlatning shaxsning huquqlari, erkinliklari va 
manfaatlariga aralashuvi zaruriyat tamoyili asosida amalga oshiriladi. Bunda shaxsga 
yetkaziladigan zarar o‘rnini qoplash masalasi diqqat-markazida bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsning huquq va erkinliklari davlat 
tomonidan kafolatlanishi va himoya qilinishi belgilangan bo‘lsa ham, Asosiy qonunning 
o‘zi hamda qonunchilik hujjatlarida inson huquq va erkinliklarini cheklashga oid qoidalar 
mavjud. 
 
Bu nima uchun kerak va qanday tarzda amalga oshiriladi?
Birinchidan, boshqa shaxslarning huquqlariga zarar yetkazmaslik uchun cheklovlar 
o‘rnatish. Masalan, qarzdorga nisbatan sud va boshqa organlarning hujjatlariga asosan ijro 


ishi yuritish jarayonida ushbu organlar tomonidan belgilangan cheklovlar. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilinishi yoki davlat 
ijrochi tomonidan qarzdorning hisob-varag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlanishi 
uning o‘z hisob-varag‘idan foydalana olmasligi shular jumlasidandir. 
Ikkinchidan, shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik yoki jinoyi qilmishi uchun jazo 
sifatida belgilash. Bu cheklashlar sud qarori yohud hukmi asosida amalga oshiriladi. 
Xususan, shaxsni ma’muriy qamoqqa olish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
ma’muriy tarzda chiqarib yuborish (chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 
nisbatan qo‘llaniladi), muayyan huquqdan mahrum qilish (masalan, avtotransport 
vositasini haydash huquqidan yoki ma’lum sohada (lavozimda) ishlashdan vaqtincha 
mahrum qilish cheklash), ozodlikdan cheklash yoki mahrum qilish bilan bog‘liq jazolar 
shular jumlasidandir. 
Uchinchidan, davlat xavfsizligi va jamoat tartibotini saqlash maqsadida qo‘llaniladigan 
cheklovlar. Xususan, pandemiya e’lon qilingan davrda karantin joriy etilishi munosabati 
bilan shaxslarning erkin harakatlanishining cheklanishi yoki favqulodda vaziyat joriy 
qilingan hududlarda ma’lum vaqt doirasida ayrim harakatlarning cheklanishi shular 
jumlasidandir. 
Muhokama jarayonida bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasida inson 
huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olinishi, doirasining keng qilib 
belgilanishi konstitutsiyaviy qoidalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi, O‘zbekistonning 
inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini to‘liq bajarilishiga xizmat qiladi. 
Shu bilan birga, insonlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari davlat va 
jamiyat hamda boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasligini 
ta’minlash uchun Asosiy qonunimizda insonning huquq va erkinligi faqat qonun bilan 
cheklanishini belgilash maqsadga muvofiq. 


4.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin