bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ham
ijtimoiy davlatning asosiy vazifasi.
Qayd etish lozim, ijtimoiy davlat – har bir fuqaroning munosib turmush sifati va darajasiga
erishishini ta’minlash, ijtimoiy tafovutni yumshatish va muhtojlarga yordam berish uchun
moddiy boyliklarni adolat tamoyiliga muvofiq taqsimlashga qaratilgan davlat modelidir.
Ahamiyatlisi, bu borada mamlakatimizda oxirgi besh-olti yilda ijtimoiy davlatning asosiy
talablari amalda qo‘llanildi.
Birinchidan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligi tashkil etildi,
“Monomarkaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yildi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar
daftari” tashkil etildi. Ishlayotgan pensionerga yuz foiz pensiya to‘lashga o‘tildi. 2022 yil
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deya nomlanishi bejiz emas. Har bir hudud
kesimida kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratish, aholi
daromadini oshirish bo‘yicha dasturlar qabul qilinmoqda. Eng muhimi,
fuqarolarimiz va
farzandarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim yaratilgan.
Ikkinchidan, ijtimoiy davlatda ta’lim va tibbiyot katta ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan
oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 40 foizga ko‘tarildi. Oliy ta’lim muassasalari soni
2 barobar oshdi, 2017 yil respublikada 72 oliy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatgan, hozir 167 tani
tashkil etadi. Besh yil oldin yurtimizda 5211 maktabgacha ta’lim muassasasi bor edi, 2021
yil bunday tashkilotlar soni 19 ming 316 taga yetkazildi. Xususiy tibbiyot maskanlari soni
3810 tadan 6527 taga o‘zgardi.
Uchinchidan, “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot
strategiyasi” IV bobida “Adolatli
ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini
rivojlantirish” masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur strategiyaning 43 maqsadi,
bevosita, har bir fuqaro uchun munosib sharoit yaratish va
turmush darajasini muntazam
ko‘tarib borishga xizmat qiladi.
Umuman, O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etishning asosi yaratilmoqda. Keling, ayni
jarayonda ijtimoiy davlatning belgilari namoyon bo‘lishi, vazifalari belgilab olinishini
xalqaro me’yorlar nuqtai nazaridan kuzatamiz.