Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix28.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#167552
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
OMADBEK - Konstitutsiya seminar 1-topshiriq

2.
 
Fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo’yilgan huquqlarini 
daxlsiz ekanligi haqidagi qoidalar qaysi moddalar bilan mustahkamlab 
qo‘yilgan? 
Fuqarolarning konstitutsiyaviy va boshqa qonuniy huquqlari daxlsizligi konstitutsiyaviy 
asosda belgilangan. Demak, ulardan mahrum qilishga, cheklashga hyech kimni haqi yo’q. 
Faqat konstitutsiya bunga ya'ni fuqarolar huquqini cheklashga sudga ruxsat beradi. 
Cheklash qonuniy, asosli bo’lishi kerak, bu sud qarorida asoslantirilishi zarur.
 
19-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari 
va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda 
mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum 
etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. 
 
 
 


20-modda.
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, 
davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur 
yetkazmasliklari shart. 
3.
 
Insonning huquq va erkinliklari qaysi qonunlar bilan muhofaza qilinadi? 
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va 
erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 
ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi. 
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir 
choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga 
erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak. 
Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan 
qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.” – deb 
mustahkamlangan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin