Dasturiy ta’minot (Software yoki qisqacha DT) - kompyuter bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni unumli tashkil etish uchun ishlatiladigan dasturlar to’plamidir. Boshqacha qilib aytganda, dasturiy ta’minot hisoblash tizimi tomonidan bajariladigan dasturlar to’plamidir. Kompyuter xotirasida saqlanayotgan dasturlar to’plami uning dasturiy ta’minotini tashkil etadi.
Kompyuterda ishlash uchun o’rnatilib, tayyorlangan dasturlar to’plami o’rnatilgan dasturiy ta’minot deyiladi.
U yoki bu vaqt oralig'ida ishlatilayotgan dasturlar to’plami dasturiy konfiguratsiya deyiladi.
Dasturiy ta’minotga, shuningdek, uni loyihalash va yaratish bilan bog'liq quyidagi soha ham kiradi:
Dasturlarni loyihalash texnologiyalari (masalan, strukturali dasturlash yoki ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash);
Dasturlarni testlash metodlari;
Dasturlarning to’g'riligini isbotlash metodlari;
Dastur ishining sifatini tahlil qilish;
Dastur uchun yo’riqnoma hujjatlarini rasmiylashtirish;
❖ Dasturiy ta’minotni loyihalash jarayonini osonlashtiruvchi dasturiy vositalar yaratish va ulardan foydalanish.
Dasturiy ta’minot - kompyuterning ajralmas qismidir. U kompyuter texnik qurilmalarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Muayyan kompyuterni qo’llash ko’lami uning uchun yaratilgan dasturiy ta’minot bilan belgilanadi. O’z-o’zidan kompyuter muayyan sohaga oid masalani yechish bo’yicha bilimlarni o’zida mujassamlashtirmaydi. Ushbu bilimlarni shakllantrish va ulardan foydalanish uchun dasturiy ta’minot zarur.
Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti millionlab dasturlarni - o’yinlardan tortib to murakkab ilmiy masalalarni yechish dasturlarini o’z ichiga oladi.
Dasturiy ta’minot tasnifi
Kompyuterda ishlatiladigan barcha dasturlarni, ya’ni dasturiy ta’minotni shartli ravishda uchta toifaga ajratish mumkin:
Kompyuter resurslarini (xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari kabi) boshqarish, saqlanayotgan axborotlardan nusxa olish, kompyuter qurilmalari ishini nazorat qilish, foydalanuvchiga turli xil uzilishlar haqida ogohlantirishlar berish kabi turli funksiyalarni bajaruvchi tizimli dasturlar;
Yangi ma’lumotlar, hujjatlar, dasturlar yaratish, shuningdek, ma’lumotlar bazalarini boshqarish imkonini beruvchi uskunaviy dasturlar;
Bevosita foydalanuvchi uchun zarur bo’lgan amaliy masalalarni yechishni ta’minlovchi
Dostları ilə paylaş: |