Translator, kompilyator i interpretator Translyator (inglizcha translator — tarjimon) — tarjimon dastur. U yuqori darajadagi dasturlash tillaridan birida yozilgan dasturni mashina tiliga tarjima qiladi.
Translyatorlar kompilyatorlar va interpretatorlar ko’rinishida ishlab chiqiladilar. Ishlash nuqtai-nazaridan kompilyatorlar va interpretatorlar bir-birlaridan jiddiy farq qiladilar
Kompilyator (inglizcha. compiler — tuzuvchi, yig'uvchi) yuqori darajadagi tilda yozilgan dastur matnini to’liq o’qib, uni mashina tiliga tarjima qiladi. Tarjima qilingan mashina tilidagi dastur keyin kompyuter tomonidan bajariladi. Agar yuqori darajali tilda yozilgan dastur matnida xatoliklar bo’lsa, kompilyator bu haqda foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlar beradi, mashina tilidagi dastur bajarilmaydi.
Interpretator (inglizcha interpreter — talqin qiluvchi, ogzaki tarjimon) yuqori darajali dasturlash tilida yozilgan dasturdagi har bir satrni alohida tahlil qilib, uni bajaradi. Agar satrda xatolik bo’lsa, bu haqda ogohlantiruvchi ma’lumot berilib, satr bajarilishi to’xtatiladi. Agar xatolik bo’lmasa, u mashina tiliga tarjima qilinib, bajariladi va keyingi satr tahlil qilinadi. Shu tariqa dastur satrlari ketma-ket tahlil qilinib, bajariladi.
Yuqori darajadagi dasturlash tilida tuzilgan dastur kompilyatsiya kilingach, boshlang'ich dastur matni va kompilyatorning o’zi kerak bo’lmaydi. Interpretator esa har gal dastur bajarilishida uning satrlarini ketma-ket tarjima qilishi uchun ishlatiladi.
Kompilyatsiya qilingan dasturlar tezroq ishlaydi, lekin interpretatsiya qilingan dasturni sozlash va o’zgartirish oson.
Har bir muayyan dasturlash tili yoki kompilyatsiya yoki interpretatsiyaga yo’naltirilgan. Masalan, Paskal tili murakkab masalalar yechishda tezlik nuqtai-nazaridan ishlatiladi. Shuning uchun ushbu til kompilyator ko’rinishida ishlab chiqilgan.
Boshqa tomondan Beysik dasturlash tili boshlvchi dasturchilarga mo’ljallangan bo’lib, ular dastur har bir satri bajarilishini kuzatishlari va tahrirlashlariga imkon yaratadi.