kompilyator yoki interpretator;
yaratish uchun integrallashgan muhit;
dastur matnini yaratish va tahrilash vositalari;
keng ko’lamdagi standard dasturlarning kutubxonalari va funksiyalari;
dasturni sozlash va xatoliklarini bartaraf etish uchun ishlatiladigan maxsus dasturlar;
foydalanuvchi uchun "do’stona" bo’lgan muloqot muhiti;
ko’p oynali rejimda ishlash;
grafik tasvirlarning kutubxonalari, ushbu kutubxonalar bilan ishlashni ta’minlovchi xizmatchi dasturlar
assembler tili;
yordam ko’rsatish xizmati;
boshqa o’ziga xos imkoniyatlar.
Boshlovchi dasturchilar uchun Turbo Basic, Quick Basic, Turbo Pascal, Turbo C dasturlash tizimlari yaratilgan.
Keyingi yillarda Windows-ilovalar (Windows muhitida ishlaydigan dasturlar) yaratishga yo’naltirilgan dasturlash tizimlari keng ommalashib bormoqda:
Borland Delphi (Delfi) paketi — Borland Pascal turkumidagi dasturlash tizimining davomchisi. Uning tez ishlaydigan kompilyatori amaliy dasturlash masalalarining deyarli barchasini samarali yechish uchun qulay imkoniyatlarga ega.
Microsoft Visual Basic paketi — ob’ektga yo’naltirilgan Windows-dasturlarini vizual vositalar yordamida qulay yaratish imkonini beruvchi dasturlash tizimi. Diagrammalar va taqdimotlar yaratish uchun vizual vositalarga ega.