Fayl nomi odatda fayl kengaytmasidan oldin keladi.
Masalan, program.exe, image.jpg, music.mp3
Fayl kengaytmasi faylning qaysi turga mansubligini ko’rsatadi, masalan .doc – hujjat, .mp3 – audio fayl va h.k
Fayl kengaytmasi o’zgargani bilan fayl ichidagi ma’lumotlar o’zgarmaydi!
Odatda kengaytma fayli biror bir dasturga bog’lash maqsadida ishlatiladi.
Fayllarda foydalanuvchiga ko’rinmaydigan xususiyatlari ham bo’ladi:
Yagona identifikatsiyasi (fayl nomi identifikatsiya bo’lmasligi ham mumkin)
Xotirada joylashgan o’rni
Fayl tizimlarining asosiy vazifalaridan biri fayllarning xotirada joylashuvini boshqarish
Odatda fayl tizimlari fayllarni saqlashda ierarxaik, daraxt ko’rinishadi strukturadan foydalanishadi. Direktoriya o’zi obyekt sifatida qaraladi va o’z ichiga boshqa obyektlarni olishi mumkin