Dastur” va “topshiriq” tushunchalari statik, faol bo’lmagan (неактивний) obyektlarni tavsiflash uchun ishlatiladi.
Dastur bajarilishi uchun, operatsion tizim ma’lum hajmli xotira ajratishi, unga kiritish/chiqarish qurilmalarini va fayllarni bog’lashi, ya’ni butun hisoblash tizimi resurslari hisobidan ma’lum qismini ajratisb qo’yishi lozim. Ularning soni va konfuguratsiyasi vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin. Bynday faol obyektlarni tavsiflash uchun “dastur” va “topshiriq” terminlari o’rniga yangi “JARAYON” termininiishlatamiz.
Demak qisqa qilib aytganda, jarayon – bu biron bir dastur bajarilishidagi faol topshiriqlar (buyruqlar) ketma-ketligi
Dastur obyekti (ishga tushuvchi yoki bajariluvchi dastur)
Data (Kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlar)
Resurslar (protsessor, xotira)
Holat (bajarilyapti, to’xtatildi, kutish va h.k.)
Jarayonlar operatsion tizim boshqaruvi ostida hisoblanadi.
Bir protsessorli kompyuter tizimida vaqtning har bir momentida faqat bitta jarayon bajarilishi mumkin.
Multidasturli hisoblash tizimlarida bir nechta jarayonni psevdoparallel qayta ishlash, protsessorni bir jarayondan ikkinchi jarayonga o’tkazish yordamida amalga oshiriladi. Bir jarayon bajarilguncha qolganlari o’z navbatini kutadi.