O‘quvchi tavsifning eng muhim elementlarini biladi, tarkibiy diagrammasini o‘qiy oladi (Struktogramm) va tarkibiy diagrammasida qo‘yilgan vazifani tasavvur qila oladi.
Mazmuni
Ma’lumotlar oqimi o‘tish chizmasi (blok-chizma);
Echimlar jadvali;
Dasturning mantiqiy chizmasi;
Tarkibiy diagrammasi (Struktogramm).
2-faza bobida dasturiy ta’minotni turli xil yondashuvlar bilan muvofiq ko‘rib chiqib, 3-bobga esa texnik, dasturchi qanday qilib qo‘yilgan ishlab chiqarish iqtisodiy yoki texnik vazifalarni mantiqiy dastlabki tuzulmasiga kirisha olishi mumkinligi izohlanadi.
Shu bilan birga, bu erda gap dasturlashtirilgan jarayonlarini va ularning natijalarini qog‘ozda ifodalash uchun qabul qilingan va ularga xizmat qiluvchi loyiha usuli haqida ketayotganini eslatib o‘tamiz.
Shu bilan bir qatorda tasvirlash (yoritish) elementlari kabi, masalan tarkibiy diagramma tarkiblashgan dasturlar loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi, misol uchun, echimlar jadvallari qabul qilingan echimlarni tugallanganligini ta’minlashga yordam beradi.
Bayon etishning standart texnikalari shuningdek, dasturchi bo‘lmaganlarga ham ma’lumotlar oqimi va dasturlashtirilgan jarayonlarni tushunishga yordam beradi hamda va natijada foydalanuvchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi munosabatni ochiq oydin bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Quyida hujjatlashtirishni olib borishning ba’zi muhim va keng tarqalgan texnikalari bayon qilib berilgan.
2.1 Tasvirlashning asosiy texnikalari
Quyidagi asosiy bayon etish texnikalari «blok-chizma (sxema)» (Inglizcha: Flowchart) guruhiga tegishlidir. Bayon etish texnikalari internatsional qo‘llanuvchi standart belgilardan foydalanadi.
2.1.1 Tasvirlashning asosiy texnikalari
Ma’lumotlar oqimining o‘tish chizmasi (Inglizcha: Data Flowchart, DFD) ma’lumotlarning mantiqiy oqimi xomaki rejasini va kompyuterdagi kiritish/chiqarish jarayonini bajaradi. Ma’lumotlar oqimi yo‘nalishi uchun standart belgilar va ko‘rsatkich(strelka)dan foydalaniladi.
Bu belgilar (rasmlar) shuningdek bayon etishning boshqa texnikalarida ham (masalan, dasturning mantiqiy chizmasida) mavjud.
Umumiy jarayon
Qo’l jarayoni, qo’lda ishlov berish
Ma’lumot tashuvchilarning batafsilroq belgilarisiz berilgan, umumiy ma’lumotlar
Qo‘lda kiritish qurilmasi (mas. klaviatura)
Hujjat, masalan kvitansiya chop etish
Bir qancha hujjatlar
Tezkor xotira
Ekranga chiqarish, optik yoki akustik ma’lumotlar
Bevosita kiritiladigan ma’lumotlar tashuvchi, masalan qattiq disk
Tarmoqlanish
Cheklovchilar, masalan, boshlanishi, oxiri
Ishora qilish bo’yicha jarayon (masalan,
nimdastur (podprogramma))
Umumiy ma’lumotlar oqimi
Ma’lumotlarni masofadan uzatish
2.1-rasm: Ma’lumotlar oqimi o‘tish chizmasidagi va boshqa diagrammalardagi razmlar
Keyingi rasm inglizcha/amerikacha nomlar bilan belgilar (ramzlar) to‘plamini ko‘rsatadi:
2.2-rasm: Ma’lumotlar oqiminig o‘tish chizmasi va boshqa diagrammadagi belgilarni,(ramzlarni) inglizcha nomlari
Dostları ilə paylaş: |