Dasturlash asoslari



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə76/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111
Dasturlash asoslari

Massivlar
Komponentalari tiplari bir xil bo‘lgan tuzilmalar massiv deyiladi. Demak massiv tarkibi bir jinsli bo‘ladi. Bundan tashqari tasodifiy kirishli tarkiblarga tegishlidir. Massiv tipi ikkitadan ya’ni uning indekisini tipi va komponentalarini tipidan tashkil topadi. Shuning uchun ham T tipdagi massiv tayanch To tip komponenta tipi va indekisini tipi Ti bilan aniqlanadi:
type
T = array [Ti] of T;
Bu yerda Ti – indeks maxsus tipni qiymatidir;
To – fayldan boshqa ixtiyoriy bo‘lishi mumkin.

Misollar:


type Row = array [1…5] of real;
Card = array [1…ho] of char;
Alfa = array [1…15] of char;
A1 = array [1…10] of Row;
A2 = array [A…Z] of Card;
O‘zgaruvchilarni e’lon qilish quyidagicha bo‘ladi:
Var
X: Row;
M: A1;
Bu yerda M o‘zgaruvchini tipini quyidagicha tushuntirish mumkin:
M: array [1..10] of array [1..5] of real;
yoki uni yanada kompakt holda
M: array [1..10], [1..5] of real;
deb yozish mumkin.
Uni formal shaklda elementlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsatli kirishi M [i] [j] ko‘rinishda yozish mumkin. Bu degan Mi qatorni j – komponentasi, ya’ni bu komponenta 5 ta haqiqiy tipli elementlardan iborat.


Yozuv
Qo‘shma tiplarni tashkil etishni eng umumiy holi ko‘plab ixtiyoriy tiplarni bitta yagona tipga birlashtirishdan iborat.
Bu matematikada Dekart ko‘paytma deb ataladi, umumlashgan tiplar hayotda juda ham ko‘p uchraydi. Ular orqali biror-bir ob’ektlar sinfini paradigmasini yaratishda, ob’ektli sistematizatsiya qilishda keng ishlatiladi.
Bunday tiplar dasturlash tillarida “yozuv” (RECORD) ma’lumotlar tarkibi bilan aniqlanadi. Uning umumiy ko‘rinishi:
Type T = RECORD
S1: T1;
S2: T2;
………
Sn: Tn;
end

Bu yerda Si (i = ) identifikatorlar , Ti (i = ) lar esa ularga mos tiplardir (T tipning komponentalari) va


Card (T) = Card (T1)*…*Card (Tn)

Masalan kompleks sonni Record orqali quyidagicha aniqlash mumkin.


Type Complex = record
re: real;
im: real;
end

Bu yerda Re identifikator kompleks o‘zgaruvchini haqiqiy qismi, im esa kompleks qismidir.


Sanani yozuv (record) tipi bo‘yicha quyidagicha hosil qilish mumkin:
type
Date = Record
day: [1..31];
month: [1..12];
year: [1..2006];
end;

Bu tipli o‘zgaruvchilarni e’lon qilish quyidagicha bo‘ladi:


Var
z: Complex;
d: Date;
end;

Yozuv tipli o‘zgaruvchilar komponentalariga murojatni quyidagicha tashkil etish mumkin:


z. re: = a;
z. im: = b;
d. day: = 31;
d. month: = 12;
d. year: = 2006;



Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin