9.2. Ishlanmaning integrallashgan muhiti
Ishlab-chiqishning integrallashgan muhiti (IDE) bizga ma’lum bo‘lgan Microsoft ilovalarining boshqa turdagi grafik interfeysni namoyon qiladi. Uning tashqi korinishi 9.2-rasmda ko‘rsatilgan.
9.2-rasm
Loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi:
Asosiy menyu;
Asbob-uskunalarning standart paneli (Standard);
boshqarish elementlari paneli;
loyiha yurituvchi oyna (Project);
forma konstruktori;
menyu tahrirlagichi (Menu Editor);
xossalar oynasi (Properties);
forma maketi oynasi (Form Layout);
ob’yektlarni ko‘rish oynasi (Object Browser);
dastur kodini tahrirlagich.
9.2.1. Asosiy menyu
Asosiy menyu Microsoft ilovalaridagi kabi ochilib-yopiluvchi qism menyularidan iborat qatordan tashkil topgan.
U quyidagi asosiy buyruqlardan iborat:
File (fayl)
Edit (Tahrirlash)
View (Ko‘rinish)
Project (Loyiha)
Format (Format)
Debug (Rostlash)
Run (Ishga tushirish)
Query (So‘rov)
Diagram (Diagramma)
Tools (Servis)
Add-Ins (Sozlash)
Window (Oyna)
Help (Yordam)
Asosiy menyu ko‘rinishi 3-rasmda keltirilgan.
9.3-rasm
Asosiy menyuning ko‘pchilik buyruqlari Windows ilovalarida ishlatiladi (masalan, Microsoft Word yoki Microsoft Excel). Shu sababdan ular alohida ko‘rib chiqilmaydi. Zarur bo‘lgan tushintirishlar materiallarni yetqazib berish jarayonida beriladi.
Menyu pastida joylashgan, ko‘piroq ishlatiladigan buyruqlar menyu standart asboblar panelida kichik rasmchali tugmalar shaklida tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: |