Dasturlash asoslari
SO‘Z BOSHI Mazkur o‘quv qo’llanma “Dasturlash/Ma’lumotlar bazalari” maxsus texnologiyasiga oid bo‘lib, u AKT sohasining O‘zbekistondagi yangi quyidagi yo‘nalishlariga mo‘ljallangan: Biznes yo‘nalishidagi AKT tizimlari bo‘yicha mutaxassis Dasturlash yo‘nalishidagi AKT tizimlari bo‘yicha texnik Elektronika yo‘nalishidagi AKT tizimlari bo‘yicha texnik Ushbu o‘quv qo’llanma dasturlashning muayyan tillaridan qat’iy nazar dasturiy ta’minot ishlab chiqish va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha bilimlar asoslarini mujassamlashtirgan. Ishlab chiqish loyihasi va loyihani rejalashtirishdan kelib chiqib, o‘quvchilarga tizimli, tarkiblangan dasturlash usullari va texnalogiyalari hamda uning hujjatlari beriladi. Bundan tashqari unda modulli dasturlash usullari, dasturiy modulning asosiy tavsiflari, dastur tuzulmasini ishlab chiqish usullari, dastur tizimini nazorati, hamda dasturiy modulni ishlab chiqish tarkibi, tarkibiy dasturlash va bu yerda ishlatiladigan qadamba-qadam detallashtirish va dasturiy modul ustidan nazorat, shuningdek dasturiy modullarni yaratishda ob’ektli yondoshuv to‘g’risida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Dasturiy ta’minot (DT) sifati bugungi kunning muhim mavzusi bo‘lib, ushbu masalaga o’quv qo‘llanmada alohida bob bag‘ishlangan. Hujjatlarni yuritishning test usullari va texnikalari DT ning sifati bilan bog‘liqki, ular ham mufassal bayon qilingan. Dasturlash tillarining axboroti esa darslikni bilimlar asoslari bo‘yicha tugallaydi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar o‘quv qo‘llanmaning birinchi qismiga tegishli bo‘lib bu tushunchalar dasturlash texnologiyalarini asosini tashkil etadi. O‘quv qo‘llanmani ikkinchi qismi esa Visual Basic tilini bayon etishga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda Visual Basic tilining Visual muhiti, tildagi o‘zgaruvchilarni nomlash, ularning ma’lumotlari tarkibi va e’lon qilish, vazifalar, o‘zgarmaslar hamda bularga oid misollar keltirilgan. Mazkur qismning keyingi boblarida esa tilning asosiy matematik operatorlari hamda dasturni boshqarish va nazorat qilish tuzilmalari bayon etilgan. Keyingi darsliklarda o‘quvchi ma’lumotlar bazalarini tarkiblangan dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha muayyan bilimlar oladi va bu bilimlarni mashqqa oid topshiriqlar yordamida to‘ldiradi. Bu darslik shu bilan parallel holda va hatto undan ham ko‘proq, o‘quvchiga uning bitiruv imtihoniga qadar o’zgarmas hamroh bo‘lishi kerak deb o‘ylaymiz. O‘zbekistonning AKT yo‘nalishidagi kollejlari o‘qituvchilar kengashiga hamda Texnik Hamkorlik bo‘yicha Germaniya Jamiyati (GTZ) ekspertlar komandasiga mamlakatning o‘ziga xos sharoitlariga moslashtirilgan «Dasturlash/Ma’lumotlar bazasi» maxsus texnologiya kontseptsiyasining yaratilishiga olib kelgan ko‘p sonli bahs-munozaralar uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Toshkent, 2006 noyabr Nazirov Sh.A. Guyunter Divald Yüklə 2,09 Mb. Dostları ilə paylaş: |