DAVLAT BYUDJETINING HOLATI
REJA:
Davlat byudjetining holatlari to’g’risida tushuncha.Davlat byudjeti taqchilligi
Byudjet taqchilligining shakllari. Taqchillikni keltirib chiqaruvchi omillar. Taqchillikni qoplash manbalari
Byudjet taqchilligi to’g’risidagi zamonaviy konsepsiyalar, ularning mazmuni, xususiyatlari va ahamiyati
Xorijiy mamlakatlarda byudjet taqchilligi, taqchillikni boshqarish va tartibga solish tajribalari
Davlat byudjetining holatlari to’g’risida tushuncha. Davlat byudjeti taqchilligi
Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning bugungi bosqichida byudjet daromadlari ishlab
chiqarishning rivojlanishi, xo’jalik subyektlarining va aholi daromadlarining oshib borishi,
soliq bazalarining kengayishi, mulk shakllarining ko’payishi bilan ortib bormoqda. Lekin bu davrda jamiyatning ko’ptomonlama ehtiyojlari ham kamaygani yo’q, aksincha, byudjet tomonidan moliyalashtirilishi obyektiv zaruriyat bo’lgan, mohiyat jihatidan
yangi-yangi tadbirlar, loyihalar, yo’nalishlar paydo bo’ldi.
Davlat byudjeti profitsiti –
muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining
davlat byudjeti
daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi.
Davlat byudjeti taqchilligi –
muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti
xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi.
Ularni to’liq hajmda moliyalashtirish yanada ko’proq mablag’larni jalb qilishni taqozo etadi. Lekin daromadlarni muttasil oshirib borish (xususan, soliqlarni oshirish orqali) imkoniyati amaldagi soliq qonunchiligi bilan chegaralangan. Shu bilan birga soliqlarni asossiz ravishda oshirish iqtisodiy subyektlarning xo’jalik faoliyatiga
jiddiy putur yetkazadi, ularning ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirishga bo’lgan qiziqishlarini so’ndiradi. Bunday sharoitda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlari bilan balanslangan bo’lishiga har doim ham erishib bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida davlat byudjetining holatini belgilab beruvchi tushunchalarga quyidagicha ta‘riflar
berilgan1:
Davlat byudjeti daromadlarining byudjet xarajatlaridan oshish holati yuzaga kelganda
byudjet profitsiti paydo bo’ladi.
Byudjet profitsiti, odatda, davlatning qarz majburiyatlarini to’lashga va likvidli mablag’larini ko’paytirishga jalb etiladi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida davlat byudjet siyosatining eng muhim vazifasi iqtisodiyotni barqaror- lashtirish doirasida byudjet taqchilligining ortib borayotgan sur‘atini jilovlashdan iborat bo’ldi. Bu vazifaning hal etilishi natijasida o’ta muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan joriy xarajatlargagina mablag’larni ajratish yo’lidan borildi va taqchillikning eng maqbul darajasi ta‘minlandi. Islohotlarning 2-bosqichi yakunlariga kelib, byudjet taqchilligini yo’l qo’yilgan eng kam darajasi (YaIMning 3-3,5 foizi) doirasida cheklashga erishildi. 2000-2004-yillar davomida byudjet taqchilligi darajasi YaIMning 1-1,2 foizidan oshmadi. 2005-yildan 2008-yilgacha 0,1-1,5 foiz profitsit bilan ijro qilingan bo’lsa, 2009-yildan 2016-yillargacha bo’lgan davrda davlat byudjeti taqchilligi YaIMga nisbatan 0,1-0,4 foiz darajasida bo’ldi.
Sobiq Ittifoqda ma‘muriy-buyruqbozlik
yillarida davlat
byudjeti taqchilligi uzoq vaqtlargacha mustaqil iqtisodiy kategiriya sifatida tan olinmagan. Davlat byudjetini shakllantirishda moliyaviy resurslarga bo’lgan talabdan kelib chiqqan holda ularni moliyalashtirish uchun mablag’lar qidirib topilar va shu asosda davlatning moliyaviy manfaatlari ta‘minlanar edi. Rejali iqtisodiyot ma‘lum davrlargacha hech qanaqa larzalarsiz, bir tekisda ma‘muriy-buyruqbozlik asosida rivojlanib borishi daromadlar va xarajatlar orasida ―kasallik‖ alomatlarini aniq ko’rsatmadi. Ammo keyingi davrlarda (80- yillarning oxiriga kelib) sobiq Ittifoqda byudjet taqchilligi holati yuzaga chiqa boshladi. Dastlabki yillardagi
byudjet taqchilligi
amg’arma kassalaridagi aholiga tegishli bo’lgan mablag’lar, uzoq muddatli hayot sug’urtasi badallari hisobidan shakllangan mablag’lar va aholi o’rtasida davlatning ichki yutuqli zayom obligatsiyalarini chiqarish (sotish) hisobiga qoplab borildi. Bu turdagi qarzlar oldindan mavjud bo’lgan resurslarni qayta taqsimlash asosida amalga oshirilganligi uchun moliyaviy-moddiy balansning buzilishiga olib kelmadi, ammo bu jarayon davlat qarzlarining o’sishiga olib keldi. 1986- yilda byudjet taqchilligining juda tez sur‘atda o’sib ketishi (45,5 mlrd. rubl) Ittifoq moliya tizimining parokandalik holatini boshlab berdi.
byudjet taqchilligiga duch kelmagan davlat bo’lmasa kerak. Masalan, AQSHda federal byudjet keyingi yarim asr mobaynida faqat 1969-yildagina taqchilliksiz ijro etilgan.