Byudjettaqchilligito’g’risidagizamonaviy konsepsiyalar,ularningmazmuni,xususiyatlariva ahamiyati
Byudjet defitsitini dunyoning ko’plab mamlakatlarida davlat moliyasining ajralmas tarkibiy qismiga aylanganligi uning yuzaga kelish sabablarini, mo’tadil darajasini, davlatning makroiqtisodiy tartibga solish tizimidagi o’rnini ilmiy asosda o’rganish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
J.M.Keyns davlat byudjeti defitsitining yuzaga kelish sabablarini chuqur tadqiq qilgan iqtisodchi olimlardan biri hisoblanadi. J.Keyns o’zining ilmiy izlanishlarida jamiyat rivojlanishining ma‘lum bosqichlarida davlat xarajatlarining davlat daromadlariga nisbatan ortiqcha bo’lishi mumkinligini va bu holat obyektiv iqtisodiy asosga ega ekanligini asoslab berdi. Keynsning byudjet-soliq siyosati xususidagi nazariy qarashlarida byudjet defitsiti iqtisodiyotni bir muvozanat holatidan ikkinchi bir muvozanat holatiga o’tkazish imkonini beruvchi instrument sifatida e‘tirof etiladi. Agar biz J.Keynsni davlat iqtisodiyotni samarali tarzda tartibga solish imkoniyatiga ega, degan nazariy xulosalariga tayanadigan bo’lsak, u holda Keynsni davlat byudjeti defitsitining darajasini davlat tomonidan to’liq nazorat qilish mumkinligiga ishonganligiga shubha qilmasa bo’ladi.
Nemis moliya fanining klassik namoyondasi A.Vagner o’zining ―Moliya to’g’risidagi fan‖ nomli asarida davlat faolligining o’sib borishi qonunini shakllantirdi. Ushbu qonunga ko’ra davlat faolligini kuchaytirishning zaruriy shartlaridan biri davlat xarajatlarining oshib borishi hisoblanadi. A.Vagner o’zining empirik izlanishlariga tayangan holda shunday xulosaga keldi: ―ilmiy-texnika inqilobiga asoslangan sivilizatsiyaning taraqqiy etishi, ishlab chiqarish va muomala hajmlarining, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning oshishi bilan davlatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga aralashuvi kuchayadi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ilmiy-texnikaviy faolligi o’sadi. Bu esa, o’z navbatida, davlat xarajatlarining shunga muvofiq tarzda o’sib borishiga olib keladi‖.
Zamonamizning rus iqtisodchi-olimi professor V.M.Rodionovaning fikriga ko’ra davlat byudjeti defitsiti yuzaga kelishining uch asosiy sababi mavjud:
Byudjet defitsiti davlatning iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida yirik miqdordagi qo’yilmalarni amalga oshirishi natijasida yuzaga keladi.
Byudjet defitsiti favqulotda holatlar (urush, tabiiy
ofatlar va h.k.) natijasida yuzaga keladi.
Byudjet defitsiti iqtisodiyotda inqiroz holatlarining yuzaga kelishi, hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni nazorat ostida ushlab turish qobiliyatini yo’qotishi natijasida yuzaga keladi.1
Demak, davlat byudjeti defitsiti yuzaga kelishining ikki asosiy sababi taniqli iqtisodchi-olimlar tomonidan e‘tirof etilgan. Birinchisi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bilan bog’liq xarajatlarining ko’payishi bo’lsa, ikkinchisi, davlatning noishlab chiqarish xarakteridagi xarajatlari hajmining keskin oshib ketishi hisoblanadi.
Byudjet defitsitining yuzaga kelishini mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz holatlari bilan bog’lash maqsadga muvofiq. Buning sababi shundaki, iqtisodiy inqiroz paytida soliq tushumlari keskin kamayadi, hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotish darajasi pasayadi va h.k. Bu holatlar pirovardida davlat byudjeti daromadlarining rejalashtirilgan miqdorda tushmasligiga sabab bo’ladi. Natijada byudjet defitsitining hajmi yanada oshadi va hukumat uchun bank tizimining kreditlaridan foydalanishdan ko’ra qulayroq va osonroq yo’l qolmaydi. Shuning uchun ham iqtisodiy inqiroz holatlarining yuzaga kelishini alohida sabab sifatida e‘tirof etish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Rivojlangan ilg’or mamlakatlar amaliyotida tarkibiydefitsit tushunchasi ham qo’llaniladi. Tarkibiy defitsit, deganda aholining to’liq bandligi sharoitida davlat byudjetining salbiy qoldig’i tushuniladi. Bunda byudjet defitsitining miqdori davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solinishning joriy tadbirlari bilan emas, balki siklik tebranishlar bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar paytida odatda, ishsizlik ko’payadi, bu esa, tarkibiy defitsit miqdoriga bevosita ta‘sir qiladi. Demak, iqtisodiy inqirozlarni nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyoti uchun, balki rivojlangan mamlakatlar amaliyoti uchun ham xos bo’lgan omil sifatida qayd etish mumkin.
Davlat byudjeti defitsiti yuzaga kelishining obyektiv sabablarini tan olmaslik, defitsitsiz byudjet siyosatiga tayanish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga jiddiy ziyon yetkazganlik holatlari xalqaro amaliyotda bir necha bor kuzatilgan.
Davlat byudjeti defitsitining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochib berishga xizmat qiladigan asosiy masalalardan biri byudjet defitsiti hajmini aniqlash metodologiyasini tahlil qilish hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda byudjet defitsitining hajmini aniqlashda ikkita metodologiyadan keng foydalanilmoqda: sof defitsitvaumumiydefitsit. Sof defitsit byudjet investitsiyalaridan tashqari bo’lgan davlat byudjeti xarajatlari asosida aniqlanadi. Umumiy defitsitni aniqlashda esa nafaqat to’g’ri byudjet investitsiyalari, balki joriy byudjet yilida qaytariladigan va hukumat tomonidan kafolatlangan kredit hisobidan amalga oshiriladigan investitsiyalarga xarajatlar ham inobatga olinadi.
Umumiy defitsit byudjet defitsitining real hajmini to’laroq ifoda etadi, chunki bunda hukumat kafolatlangan kreditlardan samarali foydalanishni nazorat qilish imkoniga ega bo’ladi.
Ikkinchi metodologiyaning O’zbekiston hukumati uchun katta ahamiyatga ega ekanligining asosiy sababi shundaki, hozirgi kunga qadar mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan kreditlarning aksariyat qismi hukumat kafolati asosida olingan kreditlardan iborat. Demak, ulardan foydalanish nazoratini kuchaytirish byudjet defitsiti darajasining oshib ketishining oldini oladi.
Davlat byudjeti defitsitining iqtisodiyotga ta‘siri va uning mo’tadil darajasini baholash masalalari ham murakkab va ko’p qirrali masalalardan hisoblanadi. J.M.Keynsning byudjet-soliq siyosatining iqtisodiyotni barqarorlashtirishda birlamchi ahamiyatga ega ekanligi xususidagi qoidasiga ko’ra defitsitning yoki profitsitning miqdori ijtimoiy talab, daromadlar va baholar darajasini aniqlashda markaziy o’rinni egallaydi. Bunda J.Keyns byudjet defitsitini hukumatning byudjet-soliq siyosatining natijasi sifatida iqtisodiyotni muvozanat- lashtiruvchi asosiy omil, deb baholaydi. Ammo hozirgi vaqtda, ayrim rivojlangan davlatlarning amaliyotida shunday holatlar sodir bo’lmoqdaki, uni Keynsning byudjet-soliq siyosati xususidagi ta‘limoti doirasida tushuntirib bo’lmaydi. Masalan, Yaponiyada 1999-yilda davlat byudjetining defitsiti yalpi ichki mahsulotning 11,4-foizini tashkil etgani holda, to’lov balansining ijobiy qoldig’i 130 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. Holbuki, Keynsning qoidasi bo’yicha davlat xarajatlarining oshishi baholar darajasining o’sishiga olib kelishi lozim edi. Ammo Yaponiyada baholar darajasining o’sish sur‘ati boshqa bir qator yetakchi ilg’or mamlakat- lardagiga nisbatan sezilarli darajada past bo’ldi. 1990-yilda Yaponiyada byudjet profitsitining yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i 2,9 foizni tashkil qilgani holda, 1990-1999-yillar mobaynida iqtisodiyotning barqaror o’sish sur‘atlari kuzatildi.
Demak, byudjet defitsitining iqtisodiyotni muvozanat- lashtirishdagi roliga baho berishda har bir mamlakatning moliya-byudjet siyosatidan kelib chiqish lozim. Byudjet defitsitining o’sishi natijasida makroiqtisodiy ko’rsatkichlarda qanday ijobiy o’zgarishlar yuz berganligini aniqlash lozim. Masalan, byudjet defitsitining yuqori darajada o’sishi davlatning investitsiya xarajatlarining o’sishi oqibati bo’lishi mumkin. Bunday sharoitda byudjet defitsitining iqtisodiyotga ta‘sirini baholash uchun iqtisodiy o’sish sur‘atidagi, soliq tushumlaridagi o’zgarishlarni va ishsizlik darajasini baholash kerak. Chunki investitsion xarajatlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish imkonini beradi. Ayni vaqtda, investitsiya xarajatlarini samarasiz tarzda amalga oshirish byudjet defitsitining iqtisodiyotga nisbatan salbiy ta‘sirini yuzaga keltiradi. Xususan, davlatning mablag’lari hisobiga moliyalashtirilgan investitsion loyihalarning o’zini oqlamasligi qilingan xarajatlarning ―o’lik‖ kapitalga aylanishiga, hukumat to’lovlarining oshib ketishiga olib keladi. Buning oqibatida byudjet defitsitini qoplash muammosi yanada chuqurlashadi va ko’pchilik hollarda hukumat defitsitni qoplashning inflyatsion manbalaridan foydalanishga majbur bo’ladi. Bunda byudjet defitsiti o’zining passivshakliga kiradi. Byudjet defitsitining oshishi hisobiga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishga erishilsa, u holda byudjet defitsiti aktivshaklgaega bo’ladi.
O’zbekistonda byudjet defitsitini boshqarishda quyidagi talablarga e‘tibor berish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
milliy valyutaning barqarorligini saqlashning aniq dasturlari ishlab chiqilishi;
byudjet defitsitini qoplashning samarali yo’llarini qidirib topish;
davlat byudjeti hisobidagi tarmoqlarni iqtisodiy moliyalashtirishni qisqartirish, harbiy xarajatlarga mablag’ni oqilona sarflash;
- sekvestr (xarajatlarni proporsional ravishda qisqartirish) mexanizmlaridan foydalanish.
Umuman, byudjet defitsitini boshqarish byudjet
siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lib, bunda iloji boricha mablag’larni ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga yo’naltirish va aholini to’liq ish bilan bandligiga erishishni talab qiladi.
Xulosa qilib aytganda, byudjet defitsitini qoplashning noinflyatsion usullaridan foydalanishga ustuvorlik berish byudjet defitsitining darajasini xalqaro byudjet amaliyotida qabul qilingan mo’‘tadil darajada saqlab turish choralari iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti defitsitining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga nisbatan yuzaga keladigan salbiy ta‘sirining oldini oladi.