Davlat byudjeti xarajatlarining bajarilishi: zaruriyati, mohiyati va omillari Reja: Kirish I bob. Davlat byudjetining iqtisodiy mohiyati, takror ishlab chiqarish jarayonidagi o’rni va ahamiyati


I BOB. Davlat byudjetining iqtisodiy mohiyati, takror ishlab chiqarish jarayonidagi o’rni va ahamiyati



Yüklə 234,45 Kb.
səhifə2/10
tarix21.05.2023
ölçüsü234,45 Kb.
#118544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DAVLAT BYUDJETINING OMILLARI VA ULARNI SAMARADORLIGINI OWIRIW YOʻLLARI

I BOB. Davlat byudjetining iqtisodiy mohiyati, takror ishlab chiqarish jarayonidagi o’rni va ahamiyati
1.1. Byudjet mablag’lari(daromadlari)ning tarkibiy tuzilishi, manbalari va klassifikasiyasi
Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun muhim moliyaviy manba - davlat budjeti zarur. Davlat bu manba orqali jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi.
Davlat o’z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo’lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i ob’ektiv zaruriyatdir. Aynan shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat byudjetining mavjud bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi.
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo’nalishdagi iqtisodiy maktablar iqtisodchi olimlari turlicha yondoshganlar. Masalan, yuqorida nomi keltirilgan o’quv qo’llanmada “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi”4 -deb izohlangan.

O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonunida esa davlat byudjetiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Davlat byudjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardantushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”5.
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda, uning mohiyatini aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: davlat byudjeti - umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida to’plangan va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining rivojlanishiga sarflanadigan moliyaviy resursdir.
Davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatlari uning shakli, moddiy mazmuni va mohiyatida namoyon bo’ladi.
Shakl jihatidan, davlat byudjeti - bu davlatning asosiy moliyaviy rejasi bo’lib, unda byudjet pul munosabatlari tizimi sifatida miqdor jihatidan ifodalanadi. Binobarin, aynan byudjet rejasi mamlakatning muhim moliyaviy hujjati sifatida tuziladi, ko’rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. Unda pul mablag’larining markazlashtirilgan jamg’armasini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanishga doir iqtisodiy munosabatlar aks etadi.
Moddiy mazmun jihatidan, davlat byudjeti - davlatning byudjet rejasini ijro etish jarayonida tashkil topadigan va foydalaniladigan asosiy markazlashtirilgan pul mablaglari jamg’armasidir.
Mohiyat jihatidan, davlat byudjeti - davlat boshqaruvining muhim vositasi bo’lib, uning yordamida davlat takror ishlab chikarish jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi, inson irodasiga buysunmaydigan bozor kuchlarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti - bu davlatning vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun mo’ljallangan pul mablag’lari jamg’armasini tashkil etish va sarflashning qonun bilan belgilangan shaklidir. Byudjet huquqiy akt shakliga ega bo’lib, vakolatli hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadi va shu sababdan qonuniy kuchga egadir.
1. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar mazkur Qoidalar talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tuzadi va topshiradi.
Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning choraklik moliyaviy hisobotlari hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga, yillik moliyaviy hisobotlar esa, kelgusi hisobot yilining 1-yanvar holatiga ko‘ra tuziladi.
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati moliyaviy hisobotlarni quyi muassasalar kesimida tuzadi hamda jamlangan holda taqdim etadi.
2. Budjet tashkilotlari tarmoq, shtat va kontingentlar rejalarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqidagi buyruqqa (ro‘yxat raqami 2837, 2016-yil 8-noyabr) muvofiq tuzadi va topshiradi.
3. Budjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Balans (1-son shakl);
mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl);
mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot;
mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobot;
mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomoliyaviy aktivlarning harakati to‘g‘risidagi hisobot;
mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjet tashkilotini chet el valyutalari bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot.
4. Agarda, budjet tashkilotlari qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u holda ushbu faoliyatlari bo‘yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalari (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) bilan tasdiqlangan moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot 2-son shaklga muvofiq taqdim qiladilar.
5. Budjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Balans (1-son shakl);
Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl);
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot;
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Budjet tashkilotini chet el valyutalari bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot.
6. Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Tushuntirish xatida (jamlanma) xarajatlar smetasi, (jamlanma) daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi jarayoniga ta’sir qilgan asosiy omillar, jumladan, budjetdan ajratilgan mablag‘larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo‘lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va vaqti, yo‘l qo‘yilgan muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar va ularning sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek hisobot davrida budjet tashkilotlariga beg‘araz yordam va markazlashgan tartibda kelib tushgan moddiy qiymatliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kamomadi aniqlangan va o‘g‘irlangan pul mablag‘lari va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar summasi va hisobotlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo‘yicha moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarini (jumladan, tugallanmagan qurilish va o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni) qayta baholash bo‘yicha axborotlar ochib beriladi.
Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari (birinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o‘rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanadi.
7. Budjet mablag‘lari oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (tegishli hududiy moliya organlariga) chorak (yil) uchun Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)ni mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq holda taqdim qiladilar.
8. Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi kerak. Budjet tashkilotlarida tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to‘ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo‘yiladi.
9. Moliyaviy hisobotlar shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 308-son shakldagi “Bosh jurnal kitobi” (bundan buyon matnda “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) deb yuritiladi) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari asosida tuziladi.
10. Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
“Tashkilot” rekvizitida tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladi;
“Bo‘lim, kichik bo‘lim, bob” rekvizitida tashkilotning budjet tasnifiga muvofiq tashkiliy va vazifa jihatidan bo‘linishi (belgilanishi) ko‘rsatiladi;
“Hisobot davri” rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak) ko‘rsatiladi;
“Budjet turi” rekvizitida tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifiga muvofiq mablag‘lar manbai va tashkilot taqdim etadigan hisobot bo‘yicha budjetlar darajasi kodlari ko‘rsatiladi;
“O‘lchov birligi” rekvizitida hisobot tuzilayotgan o‘lchov birligi keltiriladi.
11. Moliyaviy hisobotlarni tuzishda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:
hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag‘lari, asosiy vositalar, moddiy qimmatliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar natijalarining to‘liq aks ettirilishi;
analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo‘lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi;
moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlardan foydalanish.
Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy hisobotlar noto‘g‘ri tuzilgan deb hisoblanadi.
12. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari jamlama moliyaviy hisobotlarni o‘zlari ko‘rib chiqqan, tasarrufidagi quyi tashkilot va muassasalarning moliyaviy hisobotlari hamda o‘zining xarajatlar smetasi bo‘yicha moliyaviy hisobotlari asosida tuzadi.
13. Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, o‘sib boruvchi tartibda bitta o‘n xonali sonda ming so‘m hisobida tuziladi.
14. Agarda, normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo‘lsa), u holda hisobotlarda ushbu ko‘rsatkichlar “minus” belgi bilan aks ettiriladi.

Yüklə 234,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin