17
―Hisoblar kitobi‖ deb nomlangan kadastr muvofaqiyatga erisha olmadi. Faqat Lui
XIV davrida unga tegishli bo‗lgan
“Tabaqasidan qat‟iy nazar kadastr odamlarni
tenglashtirishi kerak”
degan mashhur so‗zidan keyin fransuzlar kadastr s‘yomkasi
asosida faskal tizimini muvofaqiyatli tadibiq eta olishdi.
Yangi era yillarida ishlab chiqilgan asboblar va usullar kadastr uchun
su‘ratga olishga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatdi. 1608 yil Galileo Galiley
tomonidan 100 baravar kattalashtirilgan teleskop kashif etildi. 1590
yilda
Avstriyalik matematik Yan Priterius «Menzula Pretoriani» nomi bilan zamonoviy
planshet tayyorladi. 1615 yilda gollandiyalik Snel-Lius Triangulyasiyani
topografiyada qo‗llash usulini nashir etdi. 1730- yil birinchi teodolit kashf etildi.
Kadastr turlarining rivojlanishida Fransiya kadastri alohida o‗ringa ega deb
hisoblanadi. 1801- yillarda Napoleon fransiya hududida ko‗chmas mulkka
soliqning adolatli taqsimlashni o‗rganib chiqish uchun komissiya tuzdi.
Undan
oldin 1800 ta alohida hududlarda kadastr uchun su‘ratga olish ishlari o‗tkazildi.
O‗tkazilgan ishlar natijasida hisoblangan soliq miqdorini boshqa hududlarda ham
taqqoslash usuli bilan qo‗llash ko‗zda tutilgan edi, ammo olingan natijalar
qoniqarsiz bo‗lib chiqdi, natijada butun Fransiya hududini kadastr su‘ratiga olish
lozimligi to‗g‗risida qaror qabul qilindi. Shu sababli 1814- yilgacha 12
million
gektar hududda 36 million ob‘ektlarda, 9 ming hududiy okruglarda s‘yomka ishlar
o‗tkazildi. Kadastr uchun su‘ratga olish asosan fiskal va yuridik xarakterda
o‗tkazildi.
Bu vaqtga kelib turli mamlakatlar kadastr uchun su‘ratga olishni boshlab
yuborishdi. Filip X1 podshohlik davrida Ispaniyada birinchi maratoba ko‗chmas
mulkni baholash bo‗yicha statistik ishlari o‗tkazildi. Shuning bilan birgalikda
oppozitsiyadagi yirik latifundistlar fiskal tizimini samarali qo‗llash
imkonyatini
bermadi. O‗rta asrda kadastr uchun su‘ratga olish va yer kadastrini yuritishning
asosiy tamoyillari Rim imperiyasi davridagi kadastr ishlaridan kamdan-kam farq
qilar edi (yerlar arqon yoki
jezla
yordamida to‗g‗ri chiziqli o‗lchangan, geomertik
bilimlar va hisoblashlardan bo‗sh foydalanilgan), 1718- yilga kelib Milanlik
Djovanni Djakomo Marioni qattiy ilmiy usullarga
rioya qilingan yer
18
uchastkalarning chegaralarini triangulyasiya usulida va poligonometrik tarmoq
bilan aniqlashga asoslangan birinchi kadastrni ishlab chiqdi.
Bu kadastr hujjati sifatida menzuladan foydalanib 1:2000 masshtabda
bajarilgan barcha qishloq jamoalari muhut (ситуационные) kartalari hisoblangan.
Kartada alohida jamoalarning egaligidagi yer uchastkalari (parsellar), shuning
bilan birgalikda egalikning maydoni, tuproq turi, olinadigan sof foyda ko‗rsatilgan,
bu ma‘lumotlar soliqqa tortish uchun asos bo‗lib hisblangan. Bu kadastr o‗zining
sifati
va aniqligi tufayli
Milan
kadastri deb nom olgan, 1760- yil 1- yanvardan
boshlab kuchga kiritilgan va XIX asrda Fransiya, Belgiya,
Avstriya, Gollandiya,
Shveysariya kadastrlarini ishlab chiqish uchun na‘muna hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: