1-BOB. DAVLAT KADASTRLARINI YARATISH VA YURITISH 1.1 Kadastr ishlarining rivojlanish tarixi Hozirgi vaqtda kadastr jahondagi barcha mamlakatlarda yuritilmoqda, u
tabiiy resurslardan foydalanishni, muhandislik faoliyatini, ekologik, ijtimoyi
xodisalarni hisobga olish, holatini baholash, tushunchasi bilan uzviy bog‗liqdir.
Kadastr o‗z sharoiti bilan bir xil bo‗lgan hududiy birliklarni ajartishga, ularni
kartaga tushirish, sifat va miqdor tavsiflaridan foydalangan holda ta‘riflashga
mo‗ljallangan.
Shunisi
ahamiyatliki
horijiy
mamlakatlar
tajribasida
kadastr tushinchasini ko‗p hollarda
ko„chmas mulk tushunchasi bilan bog‗lashadi.
Shuning bilan birglikda
ko„chmas mulk deganda quyidagilar tushiniladi: yerga
mustahkam bog‗langan (bog‗liq) soni va
qiymati to‗g‗risidagi ma‘lumotlarga ega bo‗lgan, yer uchastkalarga va boshqa
ko‗chmas mulklarga bo‗lgan mulkchilikni
umumiy xatga olish (ro„yxatga olish). “Kadastr” so‗zi butun dunyoga tarqalgan bo‗lib, faqat Skandinaviya
davlatlari uning o‗rniga
“Reestr” so‗zidan foydalanishadi.
“Kadastr” so‗zini kelib chiqishini etimolog-olimlar har xil tushuntirishadi.
Masalan, fransuz etimologi Blondxeym
“kadastr ‖ so‗zi grekcha
“katastikon” so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib
“yozuv daftari” degan ma‘noni bildiradi deb
hisoblaydi. Boshqa olim, Dobner (1892 y.)
“kadastr” so‗zini o‗rta asr lotin so‗zi
“kapitastrum” bilan bog‗laydi, bu so‗z ikkita so‗zdan
“kapitum ‖ va
registrum” so‗zlarining qo‗shilishidan tashkil topgan bo‗lib, bo‗lingan rim viloyatlari
hududlarni baholash birligi ―