13
axborotlari xalqaro ekspertlar guruhi kadastrga kengroq umumlashtirilgan ta‘rif
berishdi.
Kadastr –
bu davlat tomonidan yerga bo‗lgan mulkchilik ma‘lumotlarini
uslubiy jihatdan tartibga solish uchun aniq bir davlat yoki tuman miqyosida
mulkchilik uchastkalari chegaralarini s‘yomka qilish
natijasiga tayangan holda
hisobga olish.
Har bir mulkka aniq tartib raqam beriladi – identifikator. Mulkchilik
chegaralari va tartib raqami odatda katta masshtabli kartalarda aks ettiriladi.
Kadastr bilan ―Kadastr s‘yomkasi‖ atamasi chambarchas bog‗liq bo‗lib, u
ko‗chmas mulk uchastkalarining chegaralari s‘yomkasini bildiradi. Kadastr
tushinchasi yer
uchastkalaridan soliq olish, mulkiy va yuridik huquqlarini
ro‗yxatdan o‗tkazish uchun kerakli bo‗lgan tizimli ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi.
Tashkil etilish maqsadiga muvofiq, turi va tasnifiga qarab, kadastr har xil ma‘noga
ega bo‗ladi.
Kadastr to‗g‗risida quyidagi tushinchalar ham mavjud: bir xil ko‗rinishdagi
kadastr, qaysiki bitta ob‘ekt to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi
(qurilma,
tom, vodoprovod, kvartira va h.k.)
; ko‗p xil ko‗rinishdagi kadastr,
qaysiki bir xil
turdagi bir nechta ob‘ektlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi
14
(muhandislik infrastrukturasi kadastri, tabiiy resurslar kadastri, ijtimoyi hodisalar
kadastri va h.k.).
Hududiy prinsiplarga muvofiq ko‗p xil ko‗rinishdagi kadastr uchta darajada
yuritiladi: Davlat darajasida – umumdavlat boshqaruvi manbayi sifatida
mamlakatning barcha hududini qamrab oladi. Davlat regionlari bo‗yicha – aniq bir
viloyat (shtat, kray) hududini kamrab oladi. Davlat hududiy bo‗linmalari bo‗yicha
– tuman (shahar)
hududa joylashgan, kadastr hisobiga olingan barcha ob‘ektlar
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi.
Kadastrning zamonoviy tushinchasi, uzoq davr tarixiy jarayonlarning
natijalarini o‗z ichiga qamrab olgan. O‗tgan davr kadastri faoliyatini tahlil qilish va
uni bugungi kunda yaxshiroq tashkil etish hamda
ishonch bilan kadastrning
kelajagini ko‗z oldimizga keltirish imkonyatini yaratadi. Antik davrlardan boshlab
har xil davlatlarda fuqarolarga yerga egalik qilishni kafolatlash zaruriyati va soliq
olishni ta‘minlash yer kadastrini yaratish va yuritishga asos soldi. Masalan,
o‗tkazilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki: bizning eramizdan 4000 yil
oldin allaqachon Xoldeeda kadastr mavjud bo‗lgan – loydan yasalgan
taxtachalarga mix xatda (klinopisda) yer uchastkasi tushirilgan,
tomonlari
o‗lchamlari va maydoni ko‗rsatilgan.
Eramizdan
3000
yil
oldin
misrliklar
tomonidan
kadastr
s‘yomkasi o‗tkazilgan. Bu ishlar
natijasida ishlab chiqilayotgan yer
uchastkasining chegaralari o‗rnatilgan,
yer to‗g‗risidagi batafsil ma‘lumotlar,
yer
uchastkasining
chegarasi
va
maydoni,
egalik
qiluvchilarning
nomlarini
hisobga
olgan
holda
ro‗yxatga
olingan.
Keyinchalik
(bizning eramizdan 1700 yil oldin)
Misrda
yangi s‘yomka o‗tkazilgan,
bundan
maqsad yerni taqsimlash va ko‗chmas mulkdan soliq olishni amalga oshirish
15
bo‗lgan. Olingan daromadning 1/5 qismi soliq sifatida to‗langanligi aniqlangan, bu
miqdorga bizning davrimizgacha amal qilinib kelingan. Bunday yondashuv to‗rt
ming yildan ortiq davrda mavjud bo‗lgan, keyinchalik XX asrda u
mukammallashtirilgan.
Taxminan eramizdan 600 yil
oldin mavjud bo‗lgan
Dostları ilə paylaş: