Davlat kadastrlari


Davlat kadastrlarini yuritish tartibi



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
ДКА ох2018

 
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi
.
 
Davlat kadastrlarini yuritish tegishli 
vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari 
tomonidan amalga oshiriladi.
 
Davlat kadastrlarini yuritishga quyidagilar kiradi:
 


28 
kadastr ob‘ektlariga bo‗lgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazish; kadastr ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish; kadastr 
ob‘ektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash; kadastrga doir axborotni tizimga 
solish, saqlash va yangilab borish; kadastr ob‘ektlarining holati haqida hisobotlar 
tuzish; Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim 
etish; foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastrga doir 
axborot bilan ta‘minlash. 
Kadastr ob‘ektlarining mulkdorlari hamda kadastr ob‘ektlariga doir boshqa 
huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar, mahalliy 
davlat hokimiyati organlariga kadastr ob‘ektlarining geografik joylashuvi, huquqiy 
maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‗g‗risida, shuningdek ularning 
holatidagi joriy o‗zgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart. Davlat 
kadastrlarini yuritish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi. Davlat kadastrlari yuritilishini moliyalashtirish davlat 
byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. 
Kadastr ob‟ektlariga bo„lgan huquqlarni davlat ro„yxatidan o„tkazish.
 
Kadastr ob‘ektlariga bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish yuridik 
va jismoniy shaxslarning kadastr ob‘ektlariga bo‗lgan huquqlari davlat tomonidan 
e‘tirof etilishi va tasdiqlanishining yuridik hujjati hisoblanadi. Kadastr ob‘ektlariga 
bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan 
axborotlarni davlat reestrlariga kiritish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Kadastr 
ob‘ektlariga bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish kadastr ob‘ektlarining 
barcha mulkdorlari va kadastr ob‘ektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun 
majburiydir. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin