21
Adliya vazirligi (ro‗yxatdan o‗tkazish sudlari) tomonidan amalga oshiriladi. Yer
kadastri esa - mulkni haqiqiy holatini (tarkibini) isboti sifatida (bunda: nomi,
holati, o‗lchami, qurilish inshootlari, foydalanish va boshq.)
yuritiladi va federal
yer vakolatida hisoblanadi. Ko‗chmas mulkni shakllantirish xususiy geodezistlar
tomonidan ham amalga oshiriladi.
Ma‘muriy va byurokratik qiyinchiliklar yagona federal tizimni rivojlanishiga
to‗sqinlik qilmoqda. Tashkiliy va texnologik jihatdan kadastr xizmatlari va
ro‗yxatdan o‗tkazish sudlarining birlashishi hamda ro‗yxatdan o‗tkazishni to‗liq
kompyuter texnologiyalariga o‗tish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Fransiya -
Ko‗chmas mulk reestri – ko‗chmas mulkning ipotekasi va garovi
kartotekalari bo‗yicha moliya vazirligi tarkibiga
kiruvchi asosiy huquqlar va
ipotekalar reestr xizmati tomonidan yuritiladi. Saqlash vazifasi (обременение)
bo‗lmagan yer uchastkalari ro‗yxatdan o‗tkazilmaydi. Mahalliy hokimiyat
organlarining kadastr xizmatlari o‗lchashlar asosidagi,
soliq solish uchun asos
bo‗lib xizmat qiladigan grafik kadastrni yuritadilar. Kadastr yuritishni kompyuter
texnologiyalariga o‗tkazish amalga oshirilmoqda, tarixan shakllanib kelgan soliq
kadastri bosqichma-bosqich geoaxborot tizimiga qayta shakllanib bormoqda.
AQSH -
To‗la qamrovli kadastr mavjud emas. Yerlarni ro‗yxatdan
o‗tkazish, o‗lchash yoki markirovkalash
majburiyati
yo‗q.
Mulkni boshqa
shaxsga o‗tkazish: yozma shaklda
tuzilgan
oldi-sotdi
to‗g‗risidagi
majburiyat shartnomasi, kamida so‗nggi
30 yil ichida ushbu mulkka bo‗lgan
huquqni isbotlashda advokat ishtiroki,
tegishli yer uchastkasi bo‗yicha sug‗urta
kompaniyasi
tomonidan
beriladigan
tarixiy ma‘lumot
va mulkni boshqa
shaxsga o‗tkazish to‗g‗risidagi jamoa reestriga kiritiladigan hujjat kabi bir nechta
bosqichlarda amalga oshiriladi. Reestr hususiy sug‗urta kompaniyalari tomonidan
22
yuritiladi. Ayrim
shtatlarda asosan yerlarni, bino va inshootlarni hisobini olib
borish maqsadida ko‗chmas mulk kadastrini tashkil etish tendensiyasi
kuzatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: