Davlat kadastrlari



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
ДКА ох2018

Shvetsariya - 
Kadastr tizimi ikkita organ: Federal adliya vazirligi 
tasarufidagi yer kitobi, va kantonlar tasarufidagi kadastr vositasida butun mamlakat 
hududida bir hil shaklga keltirilgan 
(unifikatsiyalangan). 
Ko‗chmas 
mulkni 
shakllantirish 
ishlari 
shuningdek 
xususiy 
geodezistlar 
tomonidan ham olib boriladi. Mavjud 
tizimni kadastr xaritalash federal 
agentligi 
rahnamoligida 
yer 
ma‘lumotlari 
yagona 
milliy 
kompyuter tizimini yaratish yo‗li 
bilan qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda. 
Shvetsiya - 
Ko‗chmas mulkni shakllantirish va unga bo‗lgan huquqni davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazish Shvetsiya milliy yer xizmatining hududiy organlari 
tomonidan 
amalga 
oshiriladi. 
Ro‗yxatdan 
o‗tkazish 
tartibi 
to‗liq 
avtomatlashtirilgan, yer axborotlari yagona ma‘lumotlar banki amal qiladi. Mazkur 
sohada Shvetsiya dunyoda yetakchi hisoblanadi. Hozirda kompyuter tizimini isloh 
qilish undan bozor strukturalari tomonidan (banklar, sug‗urta kompaniyalari) 
yanada kengroq foydalanishga, shuningdek huquqlarni ro‗yxatdan o‗tkazish 
to‗g‗risidagi arizalarni berishni kompyuterlashtirishga qaratilgan. 
Rossiya Federatsiyasi - 
«Ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquq va ular bilan 
bog‗liq bitimlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish» qonuniga muvofiq, ko‗chmas 
mulkka bo‗lgan huquq va ular bilan bog‗liq bitimlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish 
hamda yagona davlat reestrini yaratish va yuritish adliya organlari zimmasiga 
yuklatilgan. Ko‗chmas mulk ob‘ektlarini texnik inventarizatsiyalash va davlat 
hisobini olib borish bir nechta tashkilot (organ)lar orqali amalga oshiriladi 


23 
jumladan: Geodeziya va kartografiya federal xizmati; federal Yer kadastri xizmati; 
Qurilish va uy-joy kommunal kompleksi davlat qo‗mitasi. 
Ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquq va ular bilan bog‗liq bitimlarni davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazish borasida adliya muassasasi hamda ko‗chmas mulk 
ob‘ektlarini texnik inventarizatsiyalash va davlat hisobini olib boruvchi organlar 
o‗rtasida o‗zaro hamkorlik borasida hukumat qarori bilan Idoralararo Kengash 
tashkil etilgan. Ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquq va ular bilan bog‗liq bitimlarni 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazish tizimini bosqichma-bosqich rivojlantish to‗g‗risida 
«Federal dastur» tasdiqlangan. Yer va mulkiy munosabatlarni tartibga solish va 
isloh qilish maqsadida «Davlat yer kadastrini hamda ko‗chmas mulk ob‘ektlarini 
davlat hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish» maqsadli federal 
dasturi tasdiqlangan. Manfaatdor idoralarning o‗zaro hamkorligi va faoliyatini 
muvofiqlashtirish tendensiyasi yuzaga kelgan. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin