51
v) davlat qo‗riqxonalari va tabiiy parklar hududlarida hisobga olinishi va
hayvonot dunyosi davlat kadastriga kiritilishi lozim bo‗lgan barcha hayvonot
turlari (kichik turlari) bo‗yicha – davlat qo‗riqxonalari, tabiiy parklar;
g) ovlanadigan baliq turlari bo‗yicha – Qishloq va Suv Xo‗jaligi Vazirligi;
d) o‗ta xavfli infeksion kasalliklarni tashuvchi hayvonlar bo‗yicha –
Sog‗liqni Saqlash Vazirligi;
e) qishloq xo‗jaligi zararkunandalari bo‗lmish hayvonlar bo‗yicha – Qishloq
va Suv Xo‗jaligi Vazirligi;
j) boshqa hayvonot turlari (guruhlari) bo‗yicha – Fanlar Akademiyasi:
hayvonlarning turlari (turlar guruhlari); turning (kichik turning) maqomi;
hayvonlarning turlar bo‗yicha soni; tur (kichik tur) biologiyasi va populyatsiya
holatining xususiyatlari; Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar ro‗yxati va ularning
joylashish zonalari; hayvonlardan foydalanish sohasi va tavsifi; mamlakat
hududida hayvonlarning o‗rnashuv joyi va joylashuv zichligi (turlar bo‗yicha)
sxemalari; qiymat bahosi.
7. Qo„riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri bo„yicha
– Davlat
tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi: kadastr ob‘ektining nomi; yuridik va jismoniy
shaxsning – mulkdor, egalik qiluvchi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining nomi
va manzili; ob‘ektning kadastr raqami; kadastr ob‘ektining o‗rnashgan joyi
(viloyat, tuman, geografik koordinatalari) va maydoni; qo‗riqlanadigan tabiiy
hududda xo‗jalik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning
nomi va manzili; qo‗riqlanadigan tabiiy hudud maqomi kim tomondan va qachon
belgilangan; xo‗jalik yuritishning belgilangan cheklovlari; kadastr ob‘ektining
sanitar muhofazaning 2- va 3-poyaslari( chegaralari )ko‗rsatilgan joylashish
sxemasi.
Dostları ilə paylaş: