11. Madaniy meros ob‟ektlari davlat kadastri bo„yicha – O‗zbekiston
Respublikasi Madaniyat va Sport Ishlari Vazirligi Bosh ilmiy-ishlab chiqarish
boshqarmasi: kadastr ob‘ektining nomi; yuridik va jismoniy shaxsning – mulkdor,
egalik qiluvchi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining nomi va manzili; kadastr
ob‘ektining idoraviy mansubligi; ob‘ektning kadastr raqami; kadastr ob‘ektining
o‗rnashgan joyi va maydoni; kadastr ob‘ektining tipologik mansubligi (arxeologiya
yodgorligi, tarixiy yodgorlik, arxitektura yodgorligi, monumental san‘at
yodgorligi); yodgorlik bunyod bo‗lgan sana va yodgorlik vujudga kelishi bilan
bog‗liq bo‗lgan tarixiy voqeaning sanasi; yodgorlikning maqsad vazifasi (madaniy-
ma‘rifiy, turistik-ekskursion, davolash-sog‗lomlashtirish, turar joy, xo‗jalik
xonalari, foydalanilmaydi); yodgorlikning texnik holati; qiymat bahosi;
yodgorlikdan foydalanish samaradorligi (ijtimoiy, iqtisodiy); ob‘ektning kadastr
plani.
12. Avtomobil yo„llari davlat kadastri bo„yicha – O‗zbekiston avtomobil
yo‗llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (―O‗zavtoyo‗l‖
davlat-aksiyadorlik kompaniyasi): kadastr ob‘ektining nomi; yuridik va jismoniy
shaxsning – mulkdor, egalik qiluvchi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining nomi
va manzili; kadastr ob‘ektining maqsad vazifasi; kadastr raqami; kadastr
ob‘ektining o‗rnashgan joyi va maydoni; kadastr ob‘ekti ishga solingan sana; yer
uchastkasi va kadastr ob‘ektiga bo‗lgan huquqlarning davlat ro‗yxatidan
o‗tkazilganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; kadastr ob‘ektining toifasi; avtomobil
yo‗li polotnosining uzunligi; kadastr ob‘ektining ahamiyati (davlatlararo, davlat,
respublika, viloyat, mahalliy); kadastr ob‘ektidan foydalanish rejimi; qiymat
bahosi; ob‘ektning masofaga cho‗zilgan chiziqli ma‘lumotlari hamda burilish
nuqtalari koordinatalari ta‘riflangan va ko‗rsatilgan kadastr plani (kartasi).