Davlat kadastrlari


 Texnogen xavf yuqori bo„lgan zonalar davlat kadastri



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94
ДКА ох2018

19. Texnogen xavf yuqori bo„lgan zonalar davlat kadastri
– O‗zbekiston 
Respublikasi sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning 
bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (―Sanoatkontexnazorat‖) 
– bosh tashkilot, O‗zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi
O‗zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, Sog‗liqni Saqlash Vazirligi Davlat 
sanitariya-epidemiyalogiya stansiyasi respublika markazi Fanlar Akademiyasi 
Yadro fizikasi instituti: 
a) ishlab chiqarish ob‘ektlarida, portlash-yong‗in xavfi va radiatsiya xavfi 
mavjud ob‘ektlarda avariya hollari ehtimoli bor xavf yuqori bo‗lgan zonalar 
bo‗yicha – ―Sanoatkontexnazorat‖ davlat inspeksiyasi; 
b) evakuatsiya yoki odamlarni ko‗chirishni talab qiladigan xavf yuqori 
bo‗lgan zonalar bo‗yicha – Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi; 


57 
v) portlash xavfi va yong‗in xavfi yuqori bo‗lgan zonalar (ob‘ektlar) 
bo‗yicha – Ichki Ishlar Vazirligi Davlat yong‗in xavfsizligi xizmati; 
g) kuchli ta‘sir qiluvchi zaharli ximikatlar, pestitsidlar, radioizotop 
mahsulotlar, radioaktiv va boshqa moddalar ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash 
va ulardan foydalanish ob‘ektlari bo‗yicha – Sanitariya-epidemiyalogiya
stansiyasi respublika markazi; 
d) Yadro fizikasi korxonalarida radiatsion xavf yuqori bo‗lgan zonalar 
bo‗yicha – Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti; kadastr ob‘ektining 
texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalarning ehtimoliy yuzaga chiqishi turi 
ko‗rsatilgan nomi; yuqori texnogen xavf yaratuvchi xavfli kadastr ob‘ektining 
idoraviy mansubligi va u ishga solingan sana; texnogen xavf yuqori bo‗lgan 
zonalarning maqsad vazifasi; ob‘ektning kadastr raqami; ob‘ektning o‗rnashgan 
joyi (viloyat, tuman, geografik koordinatalari); ob‘ekt ro‗yxatdan o‗tkazilgan sana; 
xavfli jarayonlar rivojlanishining ustunlik qiluvchi turi; texnogen xavf yuqori 
bo‗lgan zona zararlanishi mumkin bo‗lgan ehtimoliy maydonning o‗lchamlari; 
texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonada joylashgan sanoat va fuqarolik ob‘ektlari 
ro‗yxati; sanitar-himoyalash va muhofaza zonalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; xavfli 
jarayonlarning yuzaga chiqishi bilan yetkazilgan ziyonlar (iqtisodiy, ijtimoiy) 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonaning xavfli 
jarayonlarning yuzaga chiqish maydoni (zonasi) ko‗rsatilgan kadastr plani. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin