Davlat kadastrlari



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
ДКА ох2018

2.1.
 
 Davlat yer kadastri
 
Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo‗jalik va huquqiy toifalari, sifat 
xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining o‗rni va o‗lchamlari, va ularni yer 
egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‗rtasidagi taqsimoti 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar va hujjatlar tizimidan iboratdir. 
O‗zbekiston Respublikasining 
yer fondi davlat yer kadastri 
ob‘ekti hisoblanadi. Yerning 
tabiiy xossalarini, huquqiy 
holatini 
va 
undan 
foydalanishni har tomonlama 
o‗rganish va baholash davlat 
yer 
kadastrining 
mavzusi 
hisoblanadi. 
Yer 
kadastri 
axborotini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish
tizimlashtirish, saqlash, yangilash va foydalanuvchilarga ishonchli va tejamli 
axborot berish davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi.Davlat yer 
kadastrini yuritish aerokosmik suratga olish, topografik-geodezik, kartografik, 
tuproq, agrokimyoviy, geobotanik va boshqa tadqiqotlar olib borish asosida, 
yerlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olish va baholash, yuridik va jismoniy 


60 
shaxslarning yer uchastkalariga bo‗lgan huquqlarini davlat ro‗yxatidan o‗tkazish 
bilan ta‘minlanadi. 
Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni 
yer to‗g‗risidagi axborot bilan ta‘minlash, yerdan oqilona foydalanishni, qayta 
tiklash va muhofaza qilishni, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun haq to‗lash 
miqdorlarini asoslash, xo‗jalik faoliyatini baholash uchun mo‗ljallangan. 
Quyidagilar davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi: yer 
uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni ijaraga yoki mulk etib 
olish huquqlarini davlat ro‗yxatidan o‗tkazish to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni, 
shuningdek servitutlarni va ushbu huquqlarga doir boshqa cheklashlarni hisobga 
olish; yer miqdorini hisobga olish; yer sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini 
aniqlash); yerni qiymat jihatidan baholash. 
Quyidagilar davlat yer kadastrini yuritishning asosiy tamoyillari 
hisoblanadi: respublikaning butun hududini qamrab olish; fazoviy koordinatlarning 
yagona tizimini qo‗llash; yer kadastriga doir axborot ishlab chiqilishi 
uslubiyatining birligi va uzluksizligi; yer kadastri axborotining ishonchliligi va 
tejamliligi. 
Davlat yer kadastri ma‘lumotlari asosiy (dastlabki) va joriy ma‘lumotlarga 
bo‗linadi. Asosiy ma‘lumotlar dastlabki ro‗yxatdan o‗tkazish vaqtida olingan va 
davlat yer kadastriga kiritilgan ma‘lumotlar hisoblanadi.Davlat yer kadastri 
ma‘lumotlarini qayta ro‗yxatdan o‗tkazish va (yoki) o‗zgartirish jarayonida olingan 
ma‘lumotlar joriy ma‘lumot hisoblanadi. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlarining 
yagona tizimini, boshqa kadastr tizimlari va monitoringlarini yaratish va yuritish 
uchun fazoviy-huquqiy asos hisoblanadi. 
Davlat kadastrlarini yagona tizimga kiritish uchun yer-kadastr axborotining 
tarkibi va taqdim etish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, 
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasi tomonidan belgilanadi.Yer kadastri 
axborotidan yer munosabatlarini tartibga solishda, yerdan foydalanish bilan bog‗liq 
ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda foydalanilishi kerak. Davlat 


61 
yer kadastrini yuritish ishlari davlat byudjetidan va boshqa manbalar hisobidan 
mablag‗ bilan ta‘minlanadi. Quyidagilar davlat yer kadastrining mazmunini tashkil 
etadi: yer uchastkalariga bo‗lgan mulk huquqini davlat ro‗yxatidan o‗tkazish, yer 
miqdori va sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash), yerni qiymat 
jihatidan baholash, shuningdek yer kadastri axborotini tizimlashtirish, saqlash, 
yangilash va manfaatdor shaxslarga tegishli shakllar va hajmlarda berish. 
Mulk huquqi sub‘ektini, yer uchastkalariga egalik qilish va foydalanishni 
belgilovchi, yer uchastkasiga bo‗lgan huquqlar kafolatlanishini ta‘minlovchi, yerni 
hisobga olish va baholash uchun asos yaratuvchi yerni ro‗yxatdan o‗tkazishga doir 
axborot yer kadastri axborotining asosiy, dastlabki tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Dastlabki ro‗yxatdan o‗tkazish axborotini shakllantirish paytida ishlarni o‗tkazish 
paytigacha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‗liq holda paydo bo‗luvchi 
yer uchastkalariga bo‗lgan huquqlar chegaralari belgilanadi va ro‗yxatdan 
o‗tkaziladi (qayta ro‗yxatdan o‗tkaziladi). 
Yer uchastkalariga bo‗lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, 
ushbu huquqlarning paydo bo‗lishi, boshqa shaxsga o‗tishi, cheklanishi va 
to‗xtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‗yxatidan o‗tkaziladi. 
Yer uchastkalarining naturada chegaralarini belgilash geodeziya usullari bilan yoki 
kartografik materiallardan foydalanib joyning o‗zida chegaralarning burilish 
nuqtalarini zarur aniqlikda belgilash va ularni chegara qoziqlari bilan mahkamlash 
yo‗li bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkalarining umumiy maydoni talab 
qilinadigan aniqlikda analitik, grafik-analitik va mexanik usullar bilan aniqlanadi. 
Yerni ro‗yxatdan o‗tkazish axboroti avtomatlashtirilgan yerga doir axborot 
tizimiga kiritiladi. Joriy ro‗yxatdan o‗tkazish axborotini shakllantirishda ro‗yxatga 
oluvchi hujjatlar mundarijasiga mulkdorlar, yer uchastkalari egalari va 
foydalanuvchilarining huquqiy holati, shuningdek yerning maydoni, chegaralari, 
undan foydalanish maqsadi va foydalanish rejimi bo‗yicha yuz bergan o‗zgarishlar 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar kiritiladi. 
Naturada 
ro‗y 
bergan 
o‗zgarishlar, 
ular 
hujjatlar 
bilan 
rasmiylashtirilgandan keyin, yer kadastri kitobiga hamda avtomatlashtirilgan yerga 


62 
doir axborot tizimiga kiritiladi.Yer uchastkalarining umumiy maydonini hisoblash 
asosan geodeziya usullari bilan, yuqori aniqlikni talab etmaydigan hollarda esa 
kartometrik usullar bilan bajariladi. Ekinlar turlari bo‗yicha yer maydonini asosiy 
hisobga olish tegishli darajadagi yangilangan plan-kartografik materiallar asosida 
kartometrik usul bilan amalga oshiriladi.Yer sifatini hisobga olish quyidagilarni 
o‗z ichiga oladi: tabiiy-qishloq xo‗jaligi va yer kadastri bo‗yicha rayonlashtirish, 
yer tasnifi, ularni ekologiya, texnologiya va shaharsozlik belgilari va boshqa 
belgilar bo‗yicha tavsiflash, tuproq va yerni guruhlarga ajratish. 
Yerlarning o‗lchami, joylashgan o‗rni, ekin maydonlari turlari va sifat 
holatiga oid qayd etiladigan ma‘lumotlar yerni hisobga olish axborotini tashkil 
etadi.Ma‘muriy-hududiy darajaning oshishiga qarab yerni hisobga olish axboroti 
uning ko‗rsatkichlarining qiyosiyligiga rioya qilingan holda umumlashtiriladi. 
Yerlar qiymatini baholash turli maqsadlarga mo‗ljallangan yerlardan 
foydalanish samaradorligining hozirgi vaqtdagi darajasini aniqlash, kelajakda uni 
oshirish imkoniyatlarini tahlil qilish, asoslash, yer solig‗i va boshqa to‗lovlarni, 
uning normativ bahosini hisoblab chiqarish, yerlardan oqilona va samarali 
foydalanishni rag‗batlantirish uchun amalga oshiriladi. 
Barcha toifadagi yerlarni baholash qonunchilik bilan belgilangan tartibda 
natura (yerlarning har bir toifasi uchun o‗ziga xos bo‗lgan) va qiymat 
ko‗rsatkichlari tizimi yordamida amalga oshiriladi. 
Qishloq xo‗jaligi va o‗rmon xo‗jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ham 
tuproqning unumdorlik quvvati — tuproq boniteti bo‗yicha qiyosiy baholash 
amalga oshiriladi.Yerlarning qiymat bahosiga va tuproq bonitetiga doir 
ma‘lumotlar yer bahosiga oid axborotni tashkil etadi. 
Yerni ro‗yxatga va hisobga olish, yerni baholashga doir asosiy va joriy 
axborotlar yer kadastri axboroti majmuini tashkil etadi, ular har xil shakllarda qayd 
etiladi: alfavit — raqamli (matn, jadval, koordinatlar va maydonlar ro‗yxati), grafik 
(reja, harita, sxemalar), elektron raqam (EHMning tezkor xotirasi, magnit 
manbalari).Tuman (shahar)ning navbatchi yer-kadastr haritasini yuritish davlat yer 
kadastrining tarkibiy qismi hisoblanadi.


63 
Navbatchi yer-kadastr haritasi barcha yer uchastkalari chegaralarini yetarli 
darajada aniq ko‗rsatish imkonini beradigan masshtabda, elektron va qog‗oz 
shaklida 
tayyorlanadi. 
Navbatchi 
yer-kadastr 
haritalarida 
barcha 
yer 
uchastkalarining chegaralari ko‗rsatiladi. Keyinchalik haritaga yer uchastkalarining 
egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari tarkibida, shuningdek 
chegaralarda bo‗lgan o‗zgarishlar muntazam ravishda kiritib boriladi. Navbatchi 
yer-kadastr haritasini yuritish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasi tomonidan belgilanadi. 
Har bir ma‘muriy-hududiy darajada taqdim etiladigan er kadastriga doir 
hujjatlarning tarkibi va shakli «Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi tomonidan Davlat 
tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi, Davlat soliq qo‗mitasi va Iqtisodiyot Vazirligi 
bilan kelishib ishlab chiqiladi.Yer kadastriga doir ma‘lumotlarning ishonchliligi 
uchun davlat yer kadastrini yuritish vazifasi yuklangan tumanlar (shaharlar) yer 
resurslari va davlat kadastri bo‗limlarining vakolatli shaxslari, shuningdek, yer 
uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari 
mulkdorlari javob beradilar.
Tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish 
O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri 
davlat qo‗mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastri 
davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.Dastlabki kadastr ma‘lumotlari 
yangilanayotganda yer uchastkalarining huquqiy holatida, yerlarning sifat holati va 
ulardan foydalanishda, ularni baholashda yuz berayotgan o‗zgarishlar aniqlanadi 
va ro‗yxatdan o‗tkaziladi. Yer uchastkalari mulkdorlari, yer uchastkalari egalari, 
yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasining tumanlar 
(shaharlar) yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastri davlat korxonalariga ko‗rsatib 
o‗tilgan o‗zgarishlar to‗g‗risida o‗n kun muddatda axborot berishga majburdirlar. 
O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat 
kadastri davlat qo‗mitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‗chmas mulk 
kadastri 
davlat 
korxonalari: 
mulkdorlardan,yer 
egalaridan, 
yerdan 


64 
foydalanuvchilardan va ijarachilardan huquqiy holatda, yer uchastkalarining 
tarkibida va yer uchastkalaridan foydalanishda yuz bergan o‗zgarishlar 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni to‗playdilar va naturada tekshirilgandan keyin joriy 
o‗zgarishlarni uch kun mobaynida yer kadastri axborotiga kiritadilar; 
yer kadastr daftarini va navbatchi yer-kadastr haritasini tashkil qiladilar va 
yuritadilar, tuman (shahar) yer resurslarining mavjudligi va sifat bo‗yicha holati 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bazasini doimiy ravishda yangilab boradilar;
har yili 15 yanvargacha Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalariga yerlarning 
miqdori va ulardan foydalanish to‗g‗risida hisobot taqdim etadilar. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari 
va davlat kadastri boshqarmalari: tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat 
kadastri bo‗limlarining yer kadastrini yuritishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib 
boradilar; 
tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‗limlarining 
hisobotlarini umumlashtiradilar, yer uchastkasiga egalik huquqi sub‘ektlari, 
mintaqadagi yer resurslari miqdori, sifati va ularni baholashga doir ma‘lumotlar 
bankini yaratadilar, Respublika yer ma‘lumotlari yagona bankini yaratishda 
qatnashadilar; 
tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib olingan mintaqa 
yerlarining miqdori va ulardan foydalanilish to‗g‗risidagi hisobotlarni har yili 1 
fevralgacha «Davyergeodezkadastr» qo‗mitasiga taqdim etadilar. 
«Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi: davlat yer kadastri yuritilishini tartibga 
soluvchi me‘yoriy hujjatlarning ishlab chiqilishini ta‘minlaydi; viloyatlar, 
shaharlar, 
tumanlarning 
ma‘muriy 
chegaralarini, 
keyinchalik 
ularning 
maydonlarini muvofiqlashtirgan holda, geodezik usullar bilan belgilash va joylarga 
biriktirib qo‗yish ishlarini amalga oshiradi; topografiya-geodeziya ishlarini va 
yerlarni tegishli masshtablarda haritaga olishni tashkil qiladi; yer resurslarini 
aerokosmik usullar bilan o‗rganishni tashkil etadi; hududiy bo‗linmalarning 
yerlarning miqdori va ulardan foydalanilish to‗g‗risidagi hisobotlarini o‗rganadi, 


65 
tahlil qiladi va umumlashtiradi; ishlab chiqilgan yer kadastri axborotlari sifatini 
nazorat qiladi; mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil 
etadi; tuproq, geobotanik va boshqa turdagi maxsus tadqiqotlarni, yerlarni 
baholashni tashkil etadi; yer kadastri axborotining sifati va har xilligiga talabni 
muntazam 
o‗rganib 
boradi, 
yer 
kadastrini 
yuritish 
texnologiyasini 
takomillashtirishni ta‘minlaydi; respublika mintaqalari bo‗yicha yer kadastri 
hujjatlarini yangilash navbatini va muddatlarini asoslab beradi; avtomatlashtirilgan 
yer axboroti tizimini joriy etishni va uning faoliyatini amalga oshiradi; yer kadastri 
axborotlarini nashr etadi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga ma‘lumotlar taqdim 
etadi; Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladigan yer kadastri axborotlari 
tarkibini, hajmini va ularga texnik talablarni belgilaydi; har yili 1 martgacha 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Yer resurslarining holati 
to‗g‗risida Milliy hisobotni taqdim etadi»; 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin