Mustaqil o‟rganish uchun savollar:
1.
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishdan maqsad?
2.
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrining ob‘ekti?
3.
Davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari qaysilar?
4.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga ma‘lumotlar bazasiga kiritish uchun
qanday axborotlar taqdim etiladi?
5.
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri kim tomonidan yuritiladi?
85
2.4.
Davlat shaharsozlik kadastri
Davlat shaharsozlik kadastri - ushbu kadastr ob‘ektlari, ularning geografik
holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi
to‗g‗risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir.
Davlat shaharsozlik kadastri Davlat
kadastrlari yagona tizimining tarkibiy
qismi hisoblanadi va shaharlar, aholi
punktlari hamda qishloqlar orasidagi
hududlarni
rivojlantirishni,
ular
to‗g‗risidagi
shaharsozlik
hujjatlari
talablariga rioya qilish asosida hayotiy
faoliyatning qulay muhitini, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalari
faoliyatini muvofiqlashtirishni axborotlar bilan ta‘minlash maqsadida yuritiladi.
Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan aholi punktlari, qishloqlar va ular
orasidagi qismlari Davlat shaharsozlik kadastrining ob‘ektlari hisoblanadi.
Shaharsozlik faoliyati deyilganda davlat organlari, yuridik va jismoniy
shaxslarnishahar va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan
rejalashtirish faoliyati, yer uchaskalaridan foydalanish turlarini belgilash,
fuqarolar, jamoatchilik va davlat manfaatlarini, shuningdek hududlar va aholi
punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlarini hisobga
olgan moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, binolar, inshootlar va boshqa
ob‘ektlarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish tushuniladi.
O‗zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‗mitasi (keyingi
o‗rinlarda "Davarxitektqurilish" qo‗mitasi deb yuritiladi) Davlat shaharsozlik
kadastrini yuritish bo‗yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Davlat shaharsozlik kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini,
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr ob‘ektlari to‗g‗risidagi ishonchli
ma‘lumotlar bilan ta‘minlash uchun mo‗ljallangan.
Quyidagilar Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari
hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasining butun hududini to‗liq qamrab olish;
86
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo‗llash; kadastr
axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining
ishonchliligi, ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish qulayligi.
Hududlardan foydalanilish, foydalanish shartlari, shaharsozlik qoidalari va
hududda amal qiladigan shaharsozlik reglamentlari to‗g‗risidagi ishonchli
ma‘lumotlar Davlat shaharsozlik kadastrining asosini tashkil qiladi.
Shaharsozlik reglamenti deyilganda aholi punktlari va hududlarni qurish
qoidalari bilan belgilangan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer
uchaskalaridan hamda aholi punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarning
ko‗chmas mulki boshqa ob‘ektlaridan foydalanish parametrlari va turlari yig‗indisi
tushuniladi.
Davlat shaharsozlik kadastri material va ma‘lumotlari quyidagilardan iborat
bo‗ladi: topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari; hududlarning ekologik,
muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlari, shuningdek
hududlarning obodonlashtirilganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; hududlarni, aholi
punktlarini rivojlantirishni va ularni qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; hududlarni zondlash va hududiy zonalarning
shaharsozlik reglamentlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; uy-joy fondining texnik
holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; shaharsozlik faoliyati ob‘ektlari monitoringi
ma‘lumotlari.
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hududiy arxitektura va qurilish hamda
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan kadastr ob‘ektlari
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni majburiy ravishda tekin berishni nazarda tutadi.
Kadastr hujjatlari Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlari to‗g‗risidagi
huquqiy, iqtisodiy, texnik va rejalashtirish ma‘lumotlarining boshlang‗ich manbai
sifatida qabul qilinadi va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda barcha davlat
boshqaruvi organlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga
ega bo‗ladi.
87
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish qog‗oz vayoki elektron manbalarda
amalga oshirilib kadastr ob‘ektlari to‗g‗risidagi tizimlashtirilgan axborotlar
belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
Ushbu kadastrni yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti hisobiga
amalga oshiriladi. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish "Davarxitektqurilish"
qo‗mitasining quyidagi tarkibiy bo‗linmalari tomonidan amalga oshiriladi:
"Davarxitektqurilish" qo‗mitasining vakolatli tashkiloti; hududiy arxitektura va
qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli idoralari.
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik va metodik
ta‘minlash "Davarxitektqurilish" qo‗mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
"Davarxitektqurilish" qo‗mitasining vakolatli tashkiloti: Davlat shaharsozlik
kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini
ta‘minlaydi; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni hududiy arxitektura
va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo‗linmalariga berishni amalga
oshiradi, ma‘lumotlar bazasining to‗g‗ri to‗ldirilishini nazorat qiladi; hududiy
arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo‗linmalari xodimlarini
Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga
o‗qitishni tashkil qiladi; hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari
tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtirishni va kadastrining
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni amalga oshiradi; Kadastrni yangi
ob‘ektlari to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini nazorat qiladi;
kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berishni
amalga oshiradi; Kadastr ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish to‗g‗risidagi
hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili belgilangan tartibda taqdim
etadi.
Hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli
bo‗linmalari: Kadastr ob‘ektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy o‗zgarishlarni
to‗playdi va tizimlashtiradi; Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlarining kadastr
daftarlarini yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to‗ldiradi va ularni tizimlashtirish hamda
Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish
88
uchun "Davarxitektqurilish" qo‗mitasi vakolatli tashkilotiga beradi; Davlat
shaharsozlik kadastri yangi ob‘ektlarini hisobga qo‗yadi, ular to‗g‗risidagi hisobga
olish va baholash axborotlarini to‗playdi.
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish kadastr ob‘ektlari barcha turlarini
ro‗yxatga olishni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga
olishni, shuningdek kadastr axborotlarini to‗plash, tahlil qilish, ishlash,
tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o‗z ichiga oladi.
Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlarining barcha turlari boshlang‗ich
ro‗yxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy ko‗rsatkichlar qayd etiladi, ularning
tarkibi
"Davarxitektqurilish"
qo‗mitasi tomonidan "Davyergeodezkadastr"
qo‗mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan
belgilanadi. Ro‗yxat natijalari bo‗yicha har bir ob‘ekt uchun pasport tuziladi.
Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Davlat shaharsozlik kadastrining
hisobga qo‗yish vaqtida belgilangan tartibda tasdiqlangan har bir ob‘ekti bo‗yicha
amalga oshiriladi.
Kadastr ob‘ektlarining tavsiflarida kelgusida bo‗ladigan o‗zgarishlar joriy
hisobga olishda qayd etiladi. Ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi
ularning iqtisodiy, shaharsozlik va ekologik belgilari bo‗yicha tasnifini o‗z ichiga
oladi, ularning tarkibi kadastrni yuritish normativ hujjatlarida belgilanadi.
Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini
hisobga
olish
uchun
"Davarxitektqurilish"
qo‗mitasi
tomonidan
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini
taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
Hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan
hisobga olish axborotlari kadastr daftariga yoziladi va Davlat shaharsozlik
kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlarini iqtisodiy baholash ularning o‗ziga
xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
89
soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har bir ob‘ektning
qiymatini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlari to‗g‗risidagi kadastr axborotlarining
ishonchliligi uchun Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi "Davarxitektqurilish"
qo‗mitasi vakolatli tashkilotlari va hududiy arxitektura va qurilish bosh
boshqarmalari vakolatli bo‗linmalarining rahbarlari javob beradilar.
Dostları ilə paylaş: |