90
2.5.
Gidrotexnika inshootlari davlat kadastri
O‗zbekiston Respublikasi Gidrotexnika inshootlarining kadastri Gidrotexnika
inshootlarining texnik holatini
hisobga olish va baholash, ularning bexatar
ishlashini ta‘minlash maqsadida yuritiladi.
Gidrotexnika
inshootlari
kadastri
inshootning tabiiy shart-sharoitlari, joylashgan
o‗rni, texnik, sifat va miqdor tavsifnomalari,
xizmat
qilish muddati, egasi to‗g‗risidagi va
boshqa
ma‘lumotlarni
tashkil
etuvchi
ma‘lumotlar tizimi va hujjatlardan iborat
bo‗ladi.
Davlat mulki bo‗lgan gidrotexnika inshootlari, shuningdek korxonalarning
respublika va mintaqalar suv xo‗jaligi va energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika
inshootlari kadastr ob‘ekti hisoblanadi.
Gidrotexnika inshootlari kadastri inshootlarning texnik holatini har
tomonlama o‗rganish va baholash, sifat va miqdor tavsifnomalarini va foydalanish
darajasini hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Ma‘lumotlarni ishlab chiqish, turkumlash, saqlash, yangilash va ob‘ekt haqida
axborot taqdim etish texnologiyasini takomillashtirish
gidrotexnika inshootlari
kadastrining asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlarning paydo bo‗lish xavfini
tug‗diruvchi gidrotexnika inshootlarini qamrab olish, yuritish uslubining
yagonaligi, axborotlarning haqqoniyligi esa kadastrni yuritishning asosiy
prinsiplari hisoblanadi.
Gidrotexnika inshootlari kadastri manfaatdor organlarni ehtimoli bo‗lgan
avariyalarning oldini olish maqsadida
inshootlarni xavfsizligini, foydalanishni
to‗g‗ri tashkil etish, ularning texnik holatini baholash to‗g‗risidagi axborotlar bilan
ta‘minlash uchun mo‗ljallangan.
Kadastrini yuritish topogeodeziya qidiruvlarini, gidrologiya, geologiya,
gidrogeologiya,
geofizika, naturada kuzatishlar inshootlar tarkibi, suv xo‗jaligi,
suv-energetika, texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlar, konstruktiv chizmalar, inshoot
91
holatini belgilovchi defektlarni aniqlash va boshqa maxsus tadqiqotlarni olib
borish, shuningdek gidrotexnika inshootlarini maxsus reestrda ro‗yxatdan o‗tkazish
bilan ta‘minlanadi. Bunda kadastrni yuritish ishlari davlat byudjetidan mablag‗
bilan ta‘minlanadi.
Gidrotexnika inshootlari kadastrida har bir inshootga
kadastr raqami bergan
holda inshootni maxsus reestrda ro‗yxatdan o‗tkazish, turkumlash, sifat va
miqdorga oid tavsifnomalarni hisobga olish hamda inshoot bo‗yicha ma‘lumotlarni
tegishli shakllarga kiritish, saqlash, yangilash va axborotlarni foydalanish uchun
berish nazarda tutiladi.
Gidrotexnika inshootlari kadastrining mazmun bo‗yicha shakllari O‗zbekiston
Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi
vazirligi, "O‗zdavenergonazorat" davlat
inspeksiyasi bilan kelishgan holda gidrotexnika inshootlari (suv ombori, nasos
stansiyasi, gidrouzel, kanal, kollektor va boshqalar)ning aniq turiga muvofiq
"Davsuvxo‗jaliknazorat" inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Mukammalligi I, II, III klassgacha davlat mulki bo‗lgan,
shuningdek
respublika va mintaqalar suv xo‗jaligi va energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika
inshootlari
kadastri
―Davsuvxo‗jaliknazorat‖
inspeksiyasi
tomonidan,
mukammalligi III klassdan past bo‗lgan boshqa gidrotexnika inshootlari bo‗yicha
inshootlarning mansubligiga qarab O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv
xo‗jaligi vazirligi, "O‗zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan
yuritiladi.
Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish yuklangan organlar gidrotexnika
inshootlarining texnik holati va xavfsizligi ustidan nazorat (monitoring)ni
ta‘minlaydilar.
Gidrotexnika inshootlari kadastr ma‘lumotlarini
yangilashda inshootning
tavsifnomasiga va texnik holatiga ta‘sir qiluvchi rekonstruksiya qilish va kapital
ta‘mirlash va boshqa omillar natijasida ro‗y bergan o‗zgarishlar aniqlanadi va
ro‗yxatdan o‗tkaziladi. Inshootlar egalari bir oy muddatda gidrotexnika inshootlari
kadastrini yuritish yuklangan organlarga ko‗rsatib o‗tilgan o‗zgarishlar haqida
axborot taqdim etishga majburdirlar.