81
5. Madaniyat va sport ishlari vazirligi ob‘ektni Davlat kadastriga kiritish
to‗g‗risida tegishli buyruq chiqaradi.
6. Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyrug‗i
asosida Madaniy meros
ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh
boshqarmasi ob‘ektni Davlat kadastriga kiritadi.
7. Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-
ishlab chiqarish bosh boshqarmasi ob‘ektni Davlat kadastriga kiritgandan so‗ng
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasiga O‗zbekiston Respublikasi
davlat kadastrlari
yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot beradi.
8. Buyruq chiqarilgan vaqtdan boshlab o‗n kun mobaynida Davlat kadastriga
kiritilgan madaniy meros ob‘ektiga Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi tomonidan madaniy
meros pasporti rasmiylashtiriladi. Madaniy meros pasporti rasmiylashtirilgandan
keyin besh kundan kechiktirmay tegishli mintaqaviy inspeksiyaga yuboriladi.
9. Mintaqaviy inspeksiyalar besh kun mobaynida
tegishli ravishda madaniy
meros ob‘ekti egasini (yuridik yoki jismoniy shaxsni) yoxud joylardagi davlat
hokimiyati organini madaniy meros ob‘ekti davlat
kadastriga kiritilganligi
to‗g‗risida xabardor qiladi va ularga madaniy meros ob‘ekti pasportini beradi.
10. Mintaqaviy davlat inspeksiyalari va joylardagi davlat hokimiyati organlari
Davlat kadastriga kiritilgan madaniy meros ob‘ektining holati nazorat qilinishini
ta‘minlaydilar.
Dostları ilə paylaş: