Davlat kadastrlari



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
ДКА ох2018

 
2.2.
 
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish 
Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bo‗yicha tashkil 
etiladi va bu ob‘ektlarning huquqiy, xo‗jalik va arxitektura-qurilish maqomi 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar tizimini 
mujassamlashtiradi. 
Binolar 
va 
inshootlar davlat kadastri binolar va 
inshootlardan samarali foydalanishni 
va ularni muhofaza qilishni, mulk 
egalarining va bu ob‘ektlardan boshqa 
foydalanuvchilarning 
huquqlarini, 
shuningdek binolar va inshootlarga 
egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‗yxatidan o‗tkazilishini 
ta‘minlash uchun yuritiladi. 
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‗yicha munosabatlar 
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va qonun osti hujjatlari bilan 
tartibga solinadi. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma‘lumotlari barcha davlat 
organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir.


67 
Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy 
bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni loyihalashtirishda va boshqa yuridik 
harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma‘lumotlar sifatida qabul qilinishi 
kerak.Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu ob‘ektlar to‗g‗risidagi 
kadastr ma‘lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa 
ma‘lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Binolar va inshootlar 
to‗g‗risidagi kadastr ma‘lumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega 
bo‗lgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat ro‗yxatidan o‗tkazuvchi organ va 
boshqa davlat organlari tomonidan sudda talashishi mumkin. 
Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yurituvchilar hamda bunda 
qonun buzilishlarini aniqlaganlar, bu haqida tegishli davlat organlariga, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar. 
Mulk egasi bo‗lgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega 
yuridik va jismoniy shaxslar o‗z huquqlarini davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi 
to‗g‗risidagi hujjatlarga ega bo‗lishlari shart. Bino va inshootlarni davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga 
ashyoviy huquqlarga ega bo‗lgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazish bo‗yicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi 
shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni ro‗yobga 
chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Yuridik yoki jismoniy shaxslar yoki ular tomonidan vakolat berilgan 
shaxslar bino yoki inshootga bo‗lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar 
paydo bo‗lgandan, o‗zgargandan va to‗xtagandan yoxud huquqiy holati 
o‗zgargandan keyin bino va inshootga kadastr yig‗ma jildini tayyorlash va uni 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun «Davyergeodezkadastr» qo‗mitasining tuman 
(shahar) yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastri davlat korxonasiga, huquqni 
belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtma berishlari shart.
Tumanlar va viloyatga bo‗ysunuvchi shaharlar bo‗yicha binolar va 
inshootlarning davlat kadastrini yuritish O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasining tumanlar 


68 
(shaharlar) yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastri davlat korxonalariga 
yuklanadi.Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‗yicha 
kadastr ma‘lumotlarini umumlashtirish tegishli ravishda O‗zbekiston Respublikasi 
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasining 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va 
ko‗chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Umuman respublika bo‗yicha kadastr ma‘lumotlarini umumlashtirish, 
binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik qilish, 
shu jumladan ularni metodik jihatdan ta‘minlash O‗zbekiston Respublikasi Yer 
resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasi tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Binolar va inshootlar davlat kadstrini yurituvchi organlar kadastr 
hujjatlarini va kadastr ma‘lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoya 
qilinishini ta‘minlashlari kerak. Kadastrini yuritish bo‗yicha ishlar ushbu binolar 
va inshootlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun undiriladigan mablag‗lar va 
davlat mulki bo‗lgan bino va inshootlar uchun esa davlat byudjeti mablag‗lari 
hisobidan moliyalashtiriladi. 
Binolar va inshootlar davlat kadastri tuman, shahar kadastr daftaridan, 
kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek mazkur 
Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan kompyuter ma‘lumotlaridan 
iborat bo‗ladi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham an‘anaviy 
(kadastr daftarida ro‗yxatdan o‗tkazish, kadastr rejasiga kiritish) va ham 
avtomatlashtirilgan (ma‘lumotlar kompyuter bankini yaratish) usullarda uch 
bosqichda amalga oshiriladi: 
1-bosqich — binolar va inshootlarning tuman, shahar darajasidagi huquqiy, 
xo‗jalik va arxitektura-qurilish maqomi to‗g‗risida ma‘lumotlar to‗plash va kadastr 
daftarida ro‗yxatdan o‗tkazish; 
2-bosqich — ob‘ektlarni chizmada joylashtirib kadastr planini tuzish; 
3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan ma‘lumotlarni hisobga olgan 
holda ma‘lumotlar kompyuter bazasini yaratish. 


69 
Binolar va inshootlar davlat kadastri ma‘lumotlari tumanlar, shaharlar 
bo‗yicha tuziladi, ularning hududi hisobga olish uchastkalariga bo‗linadi. 
Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastr 
birligiga bo‗linishi chegaralarni belgilash va hududlarni tuman doirasida yoxud 
shahar, qo‗rg‗on chegaralarini hisobga olish uchastkalariga bo‗lishni bildiradi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasiga, viloyatlarga, Toshkent shahriga, tumanlar, 
shaharlar va boshqa aholi yashash punktlariga, shuningdek, hisobga olish 
uchastkalariga yagona tizim bo‗yicha kadastr kodi (raqami) beriladi. 
Binolar va inshootlar davlat kadastrida ma‘lumotlar belgilangan tartibda 
ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallangandan keyin yoxud qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ular bo‗yicha bitimlar tuzilgandan keyin 
hisobga olinadi. Kadastr daftarida binolar va inshootga mulk huquqi yoki boshqa 
ashyoviy huquqlar (ularning paydo bo‗lishi, boshqa shaxsga o‗tishi, cheklanishi va 
to‗xtatilishi) to‗g‗risidagi, shuningdek ob‘ektni tavsiflovchi boshqa ma‘lumotlar 
qayd etiladi.
Mahfiylik rejimiga ega bo‗lgan binolar va inshootlar to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar maxsus kadastr daftarida qayd etiladi, ushbu daftarni yuritish 
xususiyatlari va mazkur ob‘ektlarni ro‗yxatdan o‗tkazish bo‗yicha ma‘lumotlardan 
foydalanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Kadastrni yuritishda binolar va inshootlarning huquqiy, xo‗jalik va 
arxitektura, qurilish maqomi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar kadastr daftariga ilovaga 
muvofiq kiritiladi.
Binolar va inshootlar joylashgan joy, ularning mulkiy huquqi yoki boshqa 
ashyoviy huquqlar bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, ushbu 
huquqlarning paydo bo‗lish asoslari va muddatlari, ularning to‗xtatilish muddatlari, 
mulkiy huquqlarni va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, ushbu 
ob‘ektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar binolar va 
inshootlarning huquqiy holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar hisoblanadi.
Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, ushbu 
ob‘ektlarning ishlab chiqarishdagi maqsadlari, ulardan belgilangan maqsadlarda 


70 
foydalanilishi va boshqa ma‘lumotlar binolar va inshootlar xo‗jalik maqomining 
asosini tashkil etadi.
Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, shaharlarning bosh 
planlariga, aholi yashash punktlarini joylashtirish loyihalariga, shuningdek 
shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari 
(qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), egallab turgan yer 
uchastkasi, 
qurilgan 
sanasi, 
muhandislik-texnik 
kommunikatsiyalarning 
mavjudligi, seysmik chidamliligi to‗g‗risidagi va boshqa texnik ma‘lumotlar 
binolar va inshootlarning arxitektura-qurilish maqomi hisoblanadi.
Kadastr ma‘lumotlari asl hujjatlar yoki davlat organlari qarorlarining, 
shartnomalarning (oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, renta va 
boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining, ilgari ro‗yxatdan 
o‗tkazilganligi to‗g‗risidagi boshqa ma‘lumotlarning tegishli ravishda 
rasmiylashtirilgan nusxalari asosida tuziladi.
Har bir bino va inshoot kadastr daftariga muayan kadastr raqami ostida 
yozib qo‗yiladi. Kadastr daftaridagi yozuvlarni tuzatishga yoki to‗ldirishga yo‗l 
qo‗yilmaydi. Agar kadastr daftariga yozilgan ma‘lumotlarni o‗zgartirish yoki 
to‗ldirish zaruriyati paydo bo‗lsa, u holda ilgarigi yozuvlar bekor qilinadi va ob‘ekt 
to‗g‗risidagi yangi ma‘lumotlar bilan aynan shu kadastr raqami ostida to‗ldiriladi. 
Bino va inshootlar bo‗yicha nazarda tutilgan ma‘lumotlar to‗plangach va 
ro‗yxatdan o‗tkazilgach bino yoki inshoot kadastr planga tushiriladi. Kadastr plan 
va haritalarining masshtab qatori 1:500 dan 1:10000 gacha bo‗ladi, bu esa 
ro‗yxatdan o‗tkaziladigan ob‘ektlarning joylashuvi va asosiy o‗lchamlarining 
chizma tasvirlashni ta‘minlaydi.
Bino va inshootlar ma‘lumotlari asosida tuman, shahar geofondlari 
yuritiladi. Tuman, shahar geofondlari — binolar va inshootlarning topografiya-
geodeziya, kartografiya, muhandislik-geologiya, gidrogeologiya, ekologiya, 
sanitariya-gigiena, sotsiologiya, loyihalash-rejalashtirish, tarixiy-madaniy, stixiyali 
ofatlar 
va 
texnogen 
falokatlari, 
texnik 
inventarizatsiyalanganligi 
va 


71 
pasportlashtirilganligi, 
mikroseysmik 
rayonlashtirilganligi 
va 
seysmik 
turg‗unligiga oid zamonaviy va tarixiy geoaxborot ma‘lumotlari omboridir.
Tuman, 
shahar 
binolari 
va 
inshootlari 
to‗g‗risidagi 
kadastr 
ma‘lumotlarining kompyuter bazasi tuman, shahar binolari va inshootlarining 
kadastr daftariga kiritilgan ma‘lumotlari asosida tuziladi. Binolar va inshootlar 
to‗g‗risidagi kompyuter ma‘lumotlari Qorqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, 
Toshkent shahri bo‗yicha yilning har choragida umumlashtiriladi va bir tizimga 
solinadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining binolar 
va inshootlar to‗g‗risidagi kompyuter kadastr ma‘lumotlari asosida O‗zbekiston 
Respublikasi bo‗yicha binolar va inshootlar to‗g‗risidagi kadastr ma‘lumotlarining 
bir tizimga solingan kompyuter bazasi shakllantiriladi.
Ma‘lumotlarning 
kompyuter 
bazasi 
binolar 
va 
inshootlarni 
klassifikatsiyalashning quyidagi belgilar bo‗yicha ob‘ektlarning guruhlari 
bo‗linishi asos qilib olinadigan yagona tizimi bo‗yicha shakllantiriladi: binolar va 
inshootlarning maqsad yo‗nalishi, mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarda, 
shuningdek qurilish-texnik tavsiflari bo‗yicha hududiyligi, yuridik va jismoniy 
shaxslarga tegishliligi.Binolar va inshootlarning yilning 31 dekabr holati bo‗yicha 
kadastr ma‘lumotlari «Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi tomonidan har yili 
tumanlar, shaharlar, Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va 
O‗zbekiston Respublikasi bo‗yicha nashr etiladi. 


72 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin