73
Bino va inshootlar davlat kadastrini tuzish va foydalanish tartibi:
1. Tura uy-joy, bino va inshootlarning mulkdorlari, foydalanuvchilari
o‗zlariga mulkiy huquq bilan tegishli bo‗lgan ob‘ektlar bo‗yicha kadastr
axborotlarini Tuman (shahar) yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastr xizmatlariga
taqdim etadilar.
2. Tuman (shahar) yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastri xizmatlari ob‘ektlar
mulkdorlari va foydalanuvchilaridan turar-joy, bino va inshootlar bo‗yicha kadastr
axborotlarini to‗playdi, o‗z hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradi, ular
bo‗yicha kadastr axborotlarini Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahrining yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastr xizmatlariga beradi.
3
. Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yer
tuzish va ko‗chmas mulk kadastr xizmatlari yer uchastkalari, bino va inshootlar
to‗g‗risidagi
axborotlarni
ma‘lumotlar
bazasiga
kiritib,
ularni
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasiga beradi.
4
. Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yer
tuzish
va
ko‗chmas
mulk
kadastr
xizmatlari
so‗rov
bo‗yicha
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasidan yer
uchastkalari, bino va inshootlar bo‗yicha axborotlarni olishi mumkin.
5
. DKYATdan foydalanuvchilar so‗rov bo‗yicha "Davyergeodezkadastr"
qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasidan yer uchastkalari, bino va inshootlar
to‗g‗risidagi kadastr axborotlarini olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: