Davlat kadastrlari


Madaniy meros ob‟ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94
ДКА ох2018

Madaniy meros ob‟ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi:
Tarixiy-madaniy ekspertiza: Madaniy meros ob‘ektlarini davlat kadastriga 
kiritilishini asoslash; madaniy meros ob‘ektlarining toifasini aniqlash; madaniy 
meros ob‘ektlari toifasining o‗zgartirilishini asoslash; madaniy meros ob‘ektlarini 
davlat kadastridan chiqarish; madaniy meros ob‘ektlari muhofaza zonasi 
loyihalarini shaharsozlik va loyiha hujjatlariga, shuningdek amalga oshirilishi 
mo‗ljallanayotgan yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‗jalik ishlarini va 
boshqalarni madaniy meros ob‘ektlarini saqlash talablariga muvofiqligini aniqlash 
maqsadida o‗tkaziladi. 


83 
Quyidagilar tarixiy-madaniy ekspertiza ob‘ektlari hisoblanadi: xo‗jalik 
maqsadlarida o‗zlashtiriladigan yer uchastkalari, agar ularda madaniy meros 
ob‘ektlari mavjud bo‗lsa; madaniy meros ob‘ektlarining davlat kadastriga 
kiritilishini asoslovchi materiallar; madaniy meros ob‘ektlarining davlat 
kadastridan chiqarilishini asoslovchi materiallar; madaniy meros ob‘ektlari 
toifasining o‗zgartirilishini asoslovchi materiallar; shaharsozlik va loyiha hujjatlari, 
"Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida"gi 
O‗zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan hollarda; madaniy meros 
ob‘ektlariga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan yer qazish
qurilish, melioratsiya, xo‗jalik ishlari va boshqa ishlarni amalga oshirilishini 
asoslovchi hujjatlar. 
Tarixiy-madaniy ekspertiza O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport 
ishlari vazirligining Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi huzuridagi Ilmiy-metodik 
kengash tomonidan mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga 
oshiriladi.
Ilmiy-metodik kengash tarkibiga (keyingi o‗rinlarda "Kengash" deb ataladi) 
davlat organlari, ilmiy institutlar va muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, 
madaniy meros ob‘ektlarini o‗rganish, saqlash va ulardan zamonaviy foydalanish 
sohasidagi ayrim olimlar va mutaxassislar kiritiladi. 
Kengash raisi, rais o‗rinbosarlari,a‘zolar va kotibidan tashkil topadi. 
Kengashning tarkibi O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadi. Uning tarkibida tegishli yo‗nalishlar bo‗yicha seksiyalar 
tashkil etiladi. 
Kengash majlislari zaruriyatga ko‗ra, lekin har chorakda eng kamida bir marta 
o‗tkaziladi. Kengashning ish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport 
ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Kengash faoliyatining moddiy-texnika 
ta‘minoti Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarixiy-
madaniy ekspertizadan o‗tkazish uchun taqdim etiladigan materiallar tarkibi va 


84 
mazmuni Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan belgilanadi. Zaruriyat 
bo‗lganda madaniy meros ob‘ektining tarixiy-madaniy ekspertizasi ob‘ekt 
joylashgan joyda o‗tkaziladi. 
Tarixiy-madaniy ekspertizani o‗tkazish metodikasi O‗zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda Madaniyat va sport ishlari vazirligi 
tomonidan belgilanadi. Ekspertizani o‗tkazishda Kengash mustaqil ekspertlarni 
jalb qilishga haqlidir. Tarixiy-madaniy ekspertiza natijalariga ko‗ra Kengash 
seksiyalari ekspert xulosasi, shuningdek tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi 
loyihasini tayorlaydi va unga barcha materiallar ilova qilingan holda Kengash 
majlisida ko‗rib chiqiladi. 
Kengash majlisida tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasining loyihasi 
tasdiqlanadi. 
Kengash qarori majlis protokoli bilan rasmiylashtiriladi.
Tarixiy-madaniy ekspertizani o‗tkazish muddati materiallarning yo‗nalishiga, 
murakkabligiga va hajmiga qarab o‗ttiz kundan oshmasligi kerak. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin