29
Kadastr ob‟ektlarini baholash.
Kadastr ob‘ektlarini
baholash sifat va
qiymat jihatidan baholashni o‗z ichiga oladi. Kadastr ob‘ektlarini sifat jihatidan
baholash ularning tabiiy va jismoniy tavsiflari asosida amalga oshiriladi. Kadastr
ob‘ektlarini qiymat jihatidan baholash ularning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Kadastr hujjatlari.
Kadastr ob‘ektiga bo‗lgan
mulk huquqini va boshqa
huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, ob‘ektning kadastr yig‗majildi, kadastr xaritasi
(plani),
kadastr kitobi, kadastr ob‘ektlarining holati haqidagi hisobot kadastr
hujjatlarining asosiy turlaridir.
Kadastr yig‗majildi - kadastr ob‘ektiga bo‗lgan huquqni shakllantirish,
hisobga olish va keyinchalik davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun zarur bo‗ladigan
kadastr ob‘ektini
kadastr suratiga olish, texnik inventarizatsiya qilish va
pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning,
sifat va qiymat
jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma‘lumotlaridan iborat bo‗ladi.
Kadastr xaritasi (plani) - kadastr ob‘ektlari joylashgan yerni, ularning
chegaralari, muhofaza tegralari, baholash, miqdor va sifat tavsiflarini aks ettiruvchi
grafik chizma hujjati bo‗lib, u qog‗ozda, magnit va boshqa vositalarda tuziladi.
Kadastr kitobi - kadastr ob‘ektlarini ro‗yxatdan o‗tkazish
va hisobga olishning
asosiy hujjati hisoblanib, u kadastr ob‘ektlarining geografik joylashuvi,
huquqiy
maqomi, miqdor hamda sifat jihatdan tavsiflari va bahosi haqidagi ma‘lumotlardan
iborat bo‗ladi. Kadastr ob‘ektlarining holati to‗g‗risidagi hisobot - davlat
kadastrining har bir turi bo‗yicha belgilangan tartibda tuziladi hamda kadastr
ob‘ektlarining alohida hududlar va butun O‗zbekiston Respublikasi bo‗yicha
miqdor va sifat holati, bahosi haqidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: